Fargʻona viloyatining Bagʻdod tumanida pandemiya sharoitida tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash, aholini ijtimoiy himoya qilish doimiy eʼtibordagi masala boʻlib turibdi.
Sektor rahbarlari tomonidan bu borada aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilgan boʻlib, uning ijrosi taʼminlanmoqda.
Tumanda kichik biznes sohasini rivojlantirish borasida ish uslubi tubdan oʻzgartirildi. Barcha rahbarlarning kunlik ish jadvalidan tadbirkorlik masalalari bilan shugʻullanish, ularning muammolarini hal qilish asosiy oʻrinni egallagan. Shu bois joylarga chiqib, ular bilan uchrashilyapti. Hozirga qadar kredit, yer, soliq, ruxsatnoma va litsenziya olish kabi masalalarda tadbirkorlar tomonidan koʻtarilgan 234 ta murojaatning 215 tasi ijobiy hal etildi. Xususan, “Marvel invest” masʼuliyati cheklangan jamiyatida 1,2 gektar yer maydonida zamonaviy gidroponika usulida issiqxona qurish uchun 600 ming dollar, “Lochin” fermer xoʻjaligiga Germaniya davlatidan 66 bosh naslli qoramol olib kelish uchun 150 ming dollar miqdorida kredit mablagʻlari olinishiga koʻmaklashildi.
Tumanda 130 dan ortiq yangi kichik biznes subyektlari tashkil qilinib, ularning umumiy soni 1 ming 556 taga yetdi. Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida “Logistik sentr Vostok”, “Geo-beton Bagdad” xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona tashkil etildi va ularning soni oʻntaga yetdi.
Tijorat banklari tomonidan joylarda oʻtkazilgan uchrashuvlar davomida tadbirkorlik subyektlari “yaxshi”, “oʻrta” va “yordamga muhtoj” toifalariga ajratib olindi. 2 ming 134 tadbirkorlik subyektining 644 tasi – “yaxshi”, 1 ming 281 tasi – “oʻrta”, 209 tasi – moliyaviy jihatdan “yordamga muhtoj” ekani maʼlum boʻldi. “Yaxshi” toifasidagi tadbirkorlik subyektlari – “Salomat” xususiy savdo korxonasi, “Abror” koʻp tarmoqli ishlab chiqarish korxonasi, “A. Madaminov” fermer xoʻjaligi kabilar oʻzlarining ilgʻor tajribalarini boshqalarga ommalashtiryapti.
Oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi “Xumoyun Bexruzbek” xususiy korxonasi “yordamga muhtoj” toifasidagi tadbirkorlik subyektlaridan biri. Mazkur korxonaga fermer xoʻjaliklaridan kungaboqar ekish uchun yer maydonlari biriktirilib, xomashyo bazasi yaratilmoqda. Bunday toifadagi 209 ta tadbirkorlik subyektlarining har biriga iqtisodiy kompleks mutaxassislari biriktirilib, ular faoliyatini rivojlantirish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda. Joriy yilning oʻtgan davrida yordamga muhtoj tadbirkorlarning 82 tasi biznes hamkorlari bilan 2 milliard 683 million soʻmlik shartnomalar imzolab, ularni “yaxshi” toifasiga oʻtkazishga erishildi.
–Joriy yilda tumanimizda umumiy qiymati 228 milliard 605 million soʻmlik 64 ta loyiha amalga oshirilib, 1 ming 392 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi belgilab olingan, – deydi tuman hokimi Alibek Tursunov. – Oʻtgan davrda 12 ta loyiha ishga tushirildi, tuman iqtisodiyotiga 3,2 million AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirildi. “Har bir oila – tadbirkor” Davlat dasturi doirasida aholi va tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida 677 ta – jami 13,9 milliard soʻm boʻlgan kredit mablagʻlari ajratildi. Tumanimizdagi kichik sanoat zonasiga 6 ta loyihalar joylashtirilgan boʻlib, 915 ta yangi ish oʻrinlari yaratish belgilab olingan. Yil yakuniga qadar tumanda yana 1 ta kichik sanoat zonasini tashkil qilish choralari koʻrilmoqda.
Tumanda 2 ming 84 ta kambagʻal oila roʻyxatga olingan boʻlib, “temir daftar”ga kiritilgan. Sektor rahbarlari tomonidan oʻz hududlarida ularni ish bilan taʼminlash, kambagʻallikdan chiqarish borasida aniq tadbirlar ishlab chiqildi. Hozirga qadar bu boradagi ishlar natijasida 1 ming 914 ta oilaning bandligi taʼminlandi. Xususan, hunarmandchilikda 34 ta, qishloq xoʻjaligida 1 ming 243 ta ish oʻrni yaratilgani eʼtiborga molik. “Fergana spining” masʼuliyati cheklangan jamiyati ip-kalava mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasini ishga tushirish hisobiga 40 nafar ana shu toifadagi aholi ishga qabul qilindi.
“Amirobod” mahalla fuqarolar yigʻinida Sharifa Yigitova 7 jon bilan bitta xoʻjalikda istiqomat qiladi. Qizi Sohibaxon birinchi guruh nogironi. Oʻgʻli Oʻktamjon esa ishsiz. Pandemiya sharoitida bu oila ogʻir holatga tushib qoldi. Shu bois sektor rahbari-tuman hokimi tomonidan “temir daftar”ga kiritilgan bu xonadonga yordam koʻrsatildi. Oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari, Sohibaxonga tikuv mashinasi olib berildi. U ayni kunlarda “Fergana spining” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga kasanachi sifatida ishga qabul qilinib, buyurtma asosida etak tikib beryapti. Oʻktamjonga esa daromad topishi uchun fermer xoʻjaligining gʻalladan boʻshagan maydonidan 20 sotix yer ajratildi. Shuningdek, bu oila imtiyozli kredit asosida 4 bosh qoʻy ham oldi.
Muxtasar aytganda, tumanda ehtiyojmand oilalarga koʻmak koʻrsatish borasida har bir sektor rahbari ish olib boryapti. Ularni daromad topishlari uchun yaqindan koʻmak bermoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |