Yurtboshimizning qutlugʻ ayyom – Qurbon hayiti bayrami kuni oldidan hech bir ehtiyojmand oila eʼtibordan chetda qolmasligi, kam taʼminlangan aholi qatlamiga koʻrsatilayotgan moddiy yordamning manzilli yetib borishini taʼminlash yuzasidan bergan topshiriqlariga asosan 2020-yil 29-30-iyul kunlari sektor rahbarlari boshchiligida viloyatdagi kam taʼminlangan, nogironligi bor, yakka-yolgʻiz yashovchi va oʻzgalar madadiga muhtoj oilalarga xayriya mablagʻlarini tarqatildi.
Muhtaram Prezidentimizning bayram tuhfasi sifatida Buxoro viloyati boʻyicha 13544 ta kam daromadli “temir daftar”ga kiritilgan, pandemiya sababli daromadidan ayrilgan, ehtiyojmand oilaning 50 ming nafar aʼzosi uchun ajratilgan 200 ming soʻmdan, jami 10 mlrd. soʻm pul mablagʻlari sektor rahbarlari, korxona-tashkilot xodimlari va jamoatchilik vakillari ishtirokida manzilli ravishda tarqatildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyuldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6038-sonli Farmoniga asosan respublika miqyosida 400 ming ehtiyojmand oilalarning 1,7 mln. nafar aʼzosiga 380 mlrd. soʻm pul mablagʻi tarqatilib, bir martalik moddiy yordam koʻrsatilishi belgilandi.
Ajratilgan mablagʻlarning, ehtiyojmand oilalarga, oʻz vaqtida yetib borishi Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan nazoratga olindi.
Qurbon hayiti-xalqimizning asrlar davomida sayqallanib kelayotgan insonparvarlik, saxovat, mehr-oqibat va odamiylik fazilatlarining ifodasidir. Hayit arafasida odamlar bir-birining holidan xabar olish, kambagʻal va beva-bechoralarga muruvvat koʻrsatish, kasalmandlarning koʻnglini koʻtarishni odat qilishgan. Ayniqsa, Koronavirus pandemiyasi tufayli ogʻir sharoitga tushib qolgan oilalar, ish oʻrnini yoʻqotgan va daromad manbaidan ayrilgan fuqarolar uchun Prezidentimiz tomonidan koʻrsatilgan yuksak darajadagi bu eʼtibor ayni muddao boʻldi.
Kam taʼminlangan ehtiyojmand oila vakillari Prezident sovgʻasini olish jarayonlarida Prezidentimizga oʻz minnatdorchiliklarini bildirib oʻtdilar. “Gʻamxoʻrlik uchun Prezidentga rahmat!" - deydi shofirkonlik kam taʼminlangan oila bekasi Shafoat Xolova u kishi tomonidan yuborilgan bayram sovgʻasini qabul qilib olgach oʻz shukronaligini bildirib.
“Yurtimiz tinch boʻlsin, yurtboshimizni umrlari uzoq boʻlsin” deydi yana bir ehtiyojmand oila aʼzosi Qorakoʻl tumanida yashovchi I guruh nogironi N.Boltayev.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga moddiy yordam ajratilishi bilan bogʻliq muammolar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkorlik bilan koʻrib chiqilishi tizimi yoʻlga qoʻyildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Buxoro viloyati Xalq qabulxonasi nazoratida kelib tushgan murojaatlarning barchasi shu kunning oʻzida sektor rahbarlari va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda kӯrib chiqilib, moddiy yordam va zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish orqali ijobiy hal etilishi taʼminlandi. Fuqarolar murojaatlarini tezkorlik bilan kӯrib chiqilib, ijobiy hal qilib berilganligi sababli Prezidentimizga ӯz minnatdorchiliklarini bildirib tashakkurnomalar yozib berdilar.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |