Ayni paytdagi karantin choralari kuchaytirilgan bir vaqtda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hokimligi xayrli tashabbusni boshladi.
Yaʼni tuman aholisiga har turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini arzonlashtirilgan narxlarda yetkazib berish maqsadida 15 ta “Damas” rusumli avtomashinalarda koʻchma savdo yarmarkalari tashkil etildi.
Ushbu koʻchma savdo yarmarkalari tumandagi 86 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarida tashkil etiladi.
Koronavirus pandemiyasi vaqtida joriy etilgan karantin qoidalaridan biri bu oʻz-oʻzini yakkalash, maqsadsiz koʻchaga chiqmaslik, eng asosiysi osoyishtalikni saqlashdir. Bunday sharoitda fuqarolarning oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talabini qondirish birinchi galdagi vazifalardan biriga aylanishi shubhasiz.
Koʻchma savdo doʻkonlari aholi uchun kerakli boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari, ayniqsa, shu kunlarda talab yuqori boʻlgan mahsulotlar bilan taʼminlangan. Albatta, hudud aholisi yaratilayotgan bu qulayliklardan mamnun.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |