2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
DXA: Ulug‘bek Muhammadiev jamoa bilan ilk muloqotini videokonferentsaloqa shaklida o‘tkazdi

Tadbirda o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar, joriy etilgan yangiliklar, davlat xizmatlari sohasida mavjud muammolar, Agentlik oldida turgan vazifalar muhokama qilindi.

DXA direktori​ Ulug‘bek Muhammadiev birinchi navbatda pandemiya sharoitida tizim xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning ijtimoiy himoyasi masalasiga to‘xtaldi.

Agentlik tashkil etilganidan buyon amalga oshirilgan ishlar e’tirofga sazovorligi, biroq sohada o‘z echimini kutayotgan masalalar ham talaygina ekanligi, jumladan, pandemiyaga qaramay, fuqarolarimiz davlat xizmatlaridan foydalanish uchun markazlarga tashrif buyurayotganligi, infrastruktura esa o‘z navbatida, xizmat ko‘rsatish jarayonining sifatli va qulay bo‘lishini ta’minlashi ta’kidlandi. Mas’ul xodimlar oldiga DXM binolarini balansga qabul qilish, uchrab turgan internet va texnik kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan vazifalar qo‘yildi.

Karantin sharoitida davlat xizmatlaridan onlayn tarzda foydalanishga bo‘lgan talab ham keskin ortganligi hech kimga sir emas. Shu bois, raqamlashtirish masalasi bugungi kunda har qachongidan dolzarbdir.

FHDYo arxivlarida saqlanayotgan 60 millionga yaqin dalolatnoma yozuvlarini raqamlashtirish ishlari bugungi kunda 63,6 foizga bajarilgan.

Tahlillarga ko‘ra, barcha hududlarda ham FHDYo bo‘limlari tomonidan ma’lumotlarni kiritishning samaradorligi ta’minlanmayapti, ayniqsa respublika bo‘yicha eng ko‘p arxivarius shtat birliklari ajratilgan Toshkent viloyati (19 ta), Farg‘ona viloyati (16 ta), Andijon va Surxondaryo viloyatlari (13 tadan) Namangan va Qashqadaryo viloyatlari (11 tadan), Toshkent shahri (10 ta) boshqarmalari barcha imkoniyatlardan to‘liq foydalanmayapti.

Bu ishlar joriy yilda to‘liq yakunlanishi kerak. Bu haqida kuni-kecha mamlakatimiz rahbari tomonidan tasdiqlangan hujjatda ham ta’kidlangan. Belgilangan vazifalarni ichki imkoniyatlar va byudjet ajratmalaridan foydalangan holda vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan ko‘rsatma berildi.

Shuningdek, yig‘ilishda joylarda Davlat xizmatlari markazlari filiallarini ochish masalasi ko‘rib chiqildi. DXA direktori o‘rinbosari Nu’mon Muhammadievning ta’kidlashicha, filiallarni foydalanishga topshirish bo‘yicha maxsus tarmoq jadvali tasdiqlandi. Unga ko‘ra, joriy yilning iyun-iyul oylarida 4 ta filial (Andijonda 3 ta, Namanganda 1 ta) tashkil qilingan xolos. Oktyabr oyiga qadar barcha, ya’ni 50 ta filiallar tashkil qilinishi lozim.

DXA kadrlar siyosati korruptsiya holatlariga toqatsizlikka yo‘naltirilgan, biroq FHDYo xodimlari o‘rtasida ayrim nuqsonlar uchrab turibdi.

Aytib o‘tish kerak, FHDYo organlari Agentlik tasarrufiga o‘tganiga qariyb 4 oy vaqt bo‘ldi, xodimlarning oylik maoshi ancha past. Shu sababli Agentlik tomonidan bu borada tegishli ishlar amalga oshirilmoqda, xususan, FHDYo xodimlarining oylik maoshlarini oshirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilib, Hukumatga kiritildi.

Biroq sabr qilishni bilmaydigan, ayrim nafsiga erk bergan xodimlar ustidan Agentlikka shikoyatlar kelib tushmoqda. Bunday holatlarda ichki surishtiruv o‘tkazilib, to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun prokuraturaga yuborilmoqda.

Kelgusida quyidagi novatsiyalar joriy etilishi rejalashtirilgani ta’kidlandi.

Misol uchun, xorijiy davlatlarda ilmiy unvonlar olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibini yanada soddalashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Bugungi kunda xorijiy davlatlarda ilmiy unvonlar olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha talabgorlar uzoq masofadan Oliy attestatsiya komissiyasiga kelib ketishiga to‘g‘ri kelmoqda. Vaholanki, mazkur xizmatni ko‘rsatishda taqdim qilinadigan hujjatlarni elektron tarzda yuborish mumkinligidan kelib chiqib, ushbu davlat xizmatini Davlat xizmatlari markazlari va YaIDXP orqali ko‘rsatish imkoniyati mavjud.

«Situatsion markaz» yaratish.

Respublika miqyosida davlat xizmatlari markazlari faoliyatini nazorat qilish, elektron navbat tizimi, markaz operatorlari ish samaradorligi, fuqarolarda markazlarda yuzaga keladigan muammolarni echishda, talabi yuqori bo‘lgan xizmatlarni aniqlash, davlat xizmatlarini optimallashtirish imkonini beradi.

«Litsenziya» axborot tizimlari majmuasini yaratish.

Litsenziyalash va ruxsatnoma berish vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plash, saqlash va qayta ishlash vazifalarini bajaradi hamda jismoniy va yuridik shaxslarga litsenziya va ruxsatnomalarni elektron, avtomatlashtirilgan, markazlashgan holda ro‘yxatdan o‘tkazish davlat xizmatlari ko‘rsatiladi.

Fuqarolar foydalanishiga qulaylik yaratish maqsadida aholi gavjum joylarda (aeroport, vokzal, metro bekatlari, savdo-ko‘ngil ochar maskanlar) interaktiv infokiosklarni o‘rnatish.

Ushbu infokiosklarda davlat xizmatlaridan yo‘l-yo‘lakay foydalanish imkoniyatini yaratish. Natijada esa, aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratiladi, onlayn davlat xizmatlarini olish imkoniyatlari ko‘payadi, DXMlarga fuqarolar oqimi kamayadi.

Raqamlar:

- Markazlar tomonidan qariyb 3,6 mln. davlat xizmati ko‘rsatildi (Agentlik tashkil etilgandan buyon jami 20 mln.dan oshdi);

- joriy yilda 13 ga yaqin davlat xizmatlari turi joriy etilib, jami 143 ta ga etdi. (yil oxiriga qadar 15 dan ortiq xizmatni joriy etish rejalashtirilgan);

- 16 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqildi, ayrim xizmatlar to‘liq qayta ko‘rib chiqilib, soddalashtirildi (Agentlik tashkil etilgandan buyon jami 96 ta);

- davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun talab etiladigan hujjatlar soni 164 tadan 78 taga kamaytirildi. Xizmat ko‘rsatish muddati esa 415 kundan 217 kunga qisqartirildi.

- 80 mingga yaqin sayyor xizmatlar ko‘rsatildi (Agentlik tashkil etilgandan buyon jami 500 mingdan oshdi);

- 4 ta DXM shoxobchalari (filiallari) tashkil etilib, ularning soni 57 taga etdi;

Ular tomonidan 18 mingga yaqin xizmatlar ko‘rsatildi (tashkil etilgandan buyon 71 mingga yaqin xizmatlar ko‘rsatilgan);

- FHDYo organlarining mavjud 60 mln.ga yaqin arxiv ma’lumotlarining 63,6 foizi raqamlashtirildi.

10.08.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar