Buxoro viloyati Peshkoʻ tumani Chigʻirchi mahalla fuqarolar yigʻini Nurafshon koʻchasida yashovchi Ismoil Rajabov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tuman Xalq qabulxonasiga 2016-yilda turmushidan ajragan qizi Zulxumor Rajabova va uning voyaga yetmagan farzandini uy-joy bilan taʼminlashda amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.
Murojaat mutaxassislar tomonidan atroflicha oʻrganiladi. Shundan soʻng Zulxumor Rajabovaga ipoteka krediti asosida arzon uy-joy ajratiladi.
– Murojaatim qonun doirasida koʻrib chiqildi, – deydi fuqaro Ismoil Rajabov. – Uy olish uchun roʻyxatga qoʻyildi. Tumanimizdagi Navbahor MFY hududida qurilayotgan koʻp qavatli uylarning 2 xonalisi ajratildi. 15 yilga imtiyozli kredit asosida qurilayotgan mazkur uyning boshlangʻich badalini yaʼni 15 million soʻmini ham toʻlab qoʻydik. Joriy yilning oktyabr oyida topshirilishi rejalashtirilmoqda.
– Tumanda yil boshidan oʻtkazib kelinayotgan sayyor qabullar, uyma-uy yurish orqali fuqarolarning muammolarini aniqlash, yoshlar uchrashuvlari, ishsiz yoshlarni ish bilan taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha tushgan 1 ming 457 ta murojaatlar tumanning 4 ta sektor rahbarlari, tuman kengashi deputatlari hamda korxona va tashkilot rahbarlari bilan hamkorlikda koʻrib chiqildi, – deydi tuman Xalq qabulxonasi mudiri Habib Rahmonov. – Fuqarolar tomonidan tushgan murojaatlarning 82 foizi qanoatlantirildi.
Bundan tashqari, tuman xalq qabulxonasi tomonidan murojaatlarni joyida borib oʻrganish natijasida, tumanning turli hududlarida istiqomat qilayotgan kam taʼminlangan 67 nafar fuqarolarning murojaatlari asosida moddiy yordam tayinlandi. 2 nafar nogironligi bor fuqarolarga nogironlik aravachasi berildi. 1 nafar fuqaroning tuman tibbiyot birlashmasiga davolanishi taʼminlandi. Yurtimizda pandemiya munosabati bilan karantin joriy qilinganligi sababli kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kunlik daromadidan ajralib qolgan oilalarning 312 tasiga tuman Xalq qabulxonasi aralashuvi bilan 53 million soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari homiylik yoʻli bilan yetkazib berildi.
Tuman prokurori, 2-sektor rahbarining 2020-yilning 16-iyul kunida oʻtkazilgan sayyor qabulida “Deycha” mahalla fuqarolar yigʻini Kodiravon qishlogʻida istiqomat qiluvchi fuqaro Obid Muhammedov va Yangihayot qishlogʻida yashovchi Qalandar Olimovlar yashash sharoitlari ogʻirligini, yashab turgan uylari taʼmirtalab ahvolga kelib qolganligini bildirib, uylarini taʼmirlab berishlarini soʻrab murojaat qilgan. Fuqarolarning murojaatlari tuman Xalq qabulxonasi hamda 2-sektor rahbari hamkorligida homiylik yoʻli bilan uy tomini yopishlari uchun 50 donadan shifer va yogʻoch qurilish materiallari yetkazib berilgan.
Vobkentlik Umriya Yarashova xalq qabulxonasiga oilaviy sharoiti ogʻirligi va uy-joyi taʼmirtalab ekanini bildirib, amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan. Murojaat joyiga borib oʻrganilgach, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining homiylik mablagʻlari hisobidan 40 million soʻm ajratilib U.Yarashovaning uy-joyi taʼmirlab berildi.
– 2012-yil turmush oʻrtogʻim Rossiya davlatida ishlab yurgan kezlari yurak xurujidan vafot etdi, – deydi Moʻminobod MFY Qoʻyi Qoʻngʻirot qishlogʻi 157-xonadonda yashovchi Umriya Yarashova. – 2 nafar voyaga yetmagan qizlarim bilan yolgʻiz qoldim. Uy-joyim kundan kun nurab boravergach, yomgʻirli kunlarda tomdan chaki oʻtavergach tuman xalq qabulxonasiga murojaat qildim. Murojaatim 15 kun ichida mutasaddilar tomonidan hal etildi. Uyimni taʼmirlab berishdi.
U.Yarashova bugun qizlari bilan zamonaviy taʼmirlangan uyda yashamoqda. 2018-yil kreditga olgan 3 ta tikuv mashinasida qishloq qizlarining koʻylaklarini, erkaklar uchun choponlar tikish bilan band. Shu bilan birga oʻzidagi hunarni qishloq qizlariga ham oʻrgatib kelmoqda. Chevar opa tomonidan yaratilayotgan koʻrpa-toʻshaklar qishloqning har bir xonadoniga kirib bormoqda. Opa 10 sotix tomorqadan ham unumli foydalangan holda har xil daraxtlar oʻtqazgan. Bu daraxtlar bugun hosilga kirgan. Tomorqani koʻzdan kechirar ekansiz, meva va sabzavotlarning gʻarq pishib yotganiga guvoh boʻlasiz.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |