2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Prezident Xalq qabulxonalariga qanday murojaatlar kelib tushyapti?

Joriy yilning 7 oyi mobaynida Toshkent shahridagi Prezident Xalq qabulxonalariga jami 3800 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan. Ularda 4 ming 100 dan ortiq masala koʻtarilgan.

Shu davr mobaynida 3940 ta masallar koʻrib chiqilgan. Koʻrib chiqilgan ariza va shikoyatlarning 3241 tasi yoki 84 foizi qanoatlantirilgan, 465 tasi boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berilgan boʻlsa, 234 ta murojaat yuzasidan aniq muddat hamda masʼullar belgilanib, nazoratga olingan.

 

Aniq misollarga oʻtsak, Bektemir tumani 1-sektor hududidagi “Majnuntol” mahalla fuqarolar yigʻinida 6 mingdan koʻproq aholi yashaydi. Mahalladagi koʻchalarning holati aholining eʼtirozlariga sabab boʻlgan. Mahalla ahli Xalq qabulxonasiga murojaat qilgach, 1-sektor rahbari bilan bu muammoni hal qilish tegishli dasturlarga kiritildi. Joriy yil iyul oyi yakunida mahallaning 7 ta koʻchasi – 11 ming kvadrat metr joy yangidan asfaltlandi. Asfaltlash ishlari davom ettirilmoqda.

 

Xuddi shuningdek, bir murojaat tufayli “oltintopgan”liklar ham bugun oltinga barobar suv bilan taʼminlanadigan boʻldi. Ayni paytda hududiy dastur asosida toshloq hududda joylashgan bu mahallaga suv olib kelinmoqda. Rejada 4,4 kilometrlik ichimlik suvi tarmogʻi tortish belgilangan, hozir tarmoqning yarmidan koʻpi oʻtkazib boʻlindi. Tez orada Oltintopgan mahallasi aholisining ham koʻp yillik katta muammosi ariydi.

 

Yashnobod tumani “Goʻzal” mahallasi “Sokin” 2-tor koʻchasidagi xonadonlarda ham suv taʼminoti boʻyicha muammo bor edi. Quvurlar eskirgan, aholi soni ortib borgani sayin suv bosimi pasayib borar edi. “Yoz kunlari quvur boʻlaturib suv topolmaganmiz”, deydi mahalla ahli.

 

Shu yerda yashovchi Umidjon Masharipovning Yashnobod tumanidagi Xalq qabulxonasiga murojaatidan soʻng tuman mutasaddilari masʼul tashkilotlar bilan birga mazkur muammoni hal etishga kirishdi. Bugungi kunda yangi quvurlarni tortish ishlari nihoyasiga yetib qoldi.

 

Aholi muammolarini oʻrganish jarayonida ishsiz insonlarni doimiy ish bilan taʼminlab, kambagʻallikdan chiqishiga yordam berishga ham doimiy eʼtibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, karantin davrida ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan insonlar, nogironligi bor, yakka-yolgʻiz insonlarga, boquvchisini yoʻqotgan ayollarga oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar yetkazib berilishi ham nazoratga olingan.

 

Toshkent shahrida joylashgan 514 ta mahalla fuqarolar yigʻinlari bilan masofaviy muloqot oʻrnatildi. Oʻtkazilgan muloqotlar natijasida hududlarda surunkali kasalligi boʻlgan va dori-darmonga muhtoj fuqarolar roʻyxatlari shakllantirilib, bugunga kunga qadar 90 mln. soʻmlik dori-darmonlar 980 dan ortiq fuqarolarga bepul yetkazib berilishi va ularni sogʻliqlarini nazoratdan oʻtkazish boʻycha patronajlar tashkil etildi.

 

Bektemir tumani 1-sektor hududidagi “Majnuntol” MFY Rohat 11-tor koʻchasi 39-“j” uyda yashovchi 2-guruh nogironi Sayfilla Muftillayev ikki farzandning otasi. Ayolida, oʻgʻlida ham nogironlik bor. Mazkur xonadon muammolari oʻrganilganda, dastlab bu oilani “temir daftar”ga kiritish aytilgan edi. Ammo otaxon karantin talablariga asosan faoliyat olib borishi – oʻz avtomashinasida qurilish mollarini mijozlarga yetkazib berishiga qonunan ruxsat berishlarini soʻradi. Shundan soʻng Sayfilla Muftillayevga oʻzini oʻzi band qilish boʻyicha guvohnoma rasmiylashtirib berildi.

 

2-sektor hududidagi “Zilola” mahallasi, 77-uy 26-xonadonda yashovchi Alla Ogay ishemik kasalliklar bilan ogʻrib tuman tibbiyot birlashmasida roʻyxatda turar ekan. Tibbiyot xodimlari onaxonni tekshiruvdan oʻtkazgach, unga zarur dori vositalari yetkazib berildi. Xuddi shu kabi 2-sektor “Iqbol” MFY 12-uy 117-xonadonda yashovchi Bobir Boltayev ham astma kasalligi boʻyicha dorilar bilan taʼminlandi. Shu kuni sektorlar rahbarlari “Chashma” mahallasidagi ishsiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishdi.

 

Yashnobod tumani “Semurgʻ” mahallasidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj 43 ta oila “temir daftar”ga kiritilgan. Bundan tashqari, keyingi oʻrganishlar natijasida yana hududdagi xuddi shunday 70 ta ehtiyojmand oilaga bir martalik moddiy yordam pullari berildi. Mahalladagi dardmand fuqarolar holidan xabar olinib, ularga kasalligi boʻyicha dori vositalari yetkazildi.

 

Tumanning “Goʻzal” mahallasi “Sokin” koʻchasi 48-xonadonda Alimovlar istiqomat qiladi. Uch oʻgʻilni oilali qilgan Baxtiyor ota afsuski 6 yildan buyon toʻshakka “mixlangan”. Ana shunday sinovli damlarda 4 roʻzgʻor bir hovlida sabr bilan hayotning mashaqqatli kunlarini yengib kelyapti. Mutasaddilar bu oila holidan xabar olgach, tibbiyot xodimlari otaxonni tibbiy koʻrikdan oʻtkazdi, belgilangan dori-darmonlar topshirildi.

 

Bunday misollar koʻp. Albatta hal boʻlayotgan har bir masala zamirida davlatimiz rahbari asos solgan xalq bilan muloqot instituti, hech bir murojaat eʼtiborsiz qolmaydigan yaxlit tizim, Xalq qabulxonalari va sektorlar hamkorligi mexanizmi mujassam. Hayotning achchiq tajribalarida yaratilgan bu tizim esa bugun eng murakkab sinovlarda ham oʻzini toʻla oqlab, minglab oilalar, millionlab insonlarning eng birlamchi hayotiy muammolarini hal qilishda muhim asos boʻlmoqda.

17.08.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar