Samarqand tumani hokimi N.Mavlonov Ohalik, Oʻrta Ohalik, Mironqul, Parrandachilik mahalla fuqarolar yigʻinlari faollariga joriy yilning oʻtgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar yuzasidan axborot berdi.
- Joriy yilda tumanimizda 700 ga yaqin tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazish rejalashtirilgan boʻlib, yilning yetti oyi davomida 402 ta yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etildi, - dedi N.Mavlonov. - Tumandagi “Guliston agrotexservis” agrofirmasi hududida import oʻrnini bosuvchi, eksportga yoʻnaltirilgan mahsulot ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida kichik sanoat zonasi tashkil etamiz. Buning uchun qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan 43 ta lotga boʻlingan 6 gektar yer maydoni ajratilgan.
Hozirda bu yerda tadbirkorlik qilmoqchi boʻlgan loyiha tashabbuskorlari roʻyxati shakllantirilgan. Ular suyuq travertin, laminat singari qurilish materiallari, tuxum fleykalari, poliyetilen mahsulotlar, polipropilen va nikel quvurlar, sovun va shaxsiy gigiyena vositalari ishlab chiqarmoqchi. Kichik sanoat zonasida Mironqul, Ohalik, Parrandachilik, Oʻrta Ohalik hamda Yangijoy mahallalarida yashovchi 500 nafar ishsiz aholi bandligi taʼminlanadi. Ushbu hududda 5 ming 121 oila istiqomat qiladi. Shulardan 123 ehtiyojmand oila “temir daftar”ga kiritilgan. Ushbu oiladagi 170 nafar mehnatga layoqatli oila aʼzolarini ishga joylashtirish rejalashtirilgan.
Tumanda fuqarolarga subsidiya, kreditlar ajratilganligi natijasida yil boshidan buyon 1217 kishi istiqomat qilayotgan 230 oilaning mehnatga layoqatli 397 nafar aʼzosi bandligi taʼminlandi. Ularning daromad manbai yaratildi. Shu sababli xalq deputatlari tuman Kengashining sessiyasi qaroriga asosan “temir daftar”dan chiqarilgan.
Uchrashuvda tuman hokimi taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash, kuz-qish mavsumiga hozirlik ishlari va kommunal sohadagi muammo va kamchiliklar haqida ham soʻz yuritilib, aholini qiziqtirgan savollarga javob berildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |