Bogʻiguliston mahallasi Paxtaobod tumani markazidan 15 km olisda joylashgan boʻlib, Qirgʻizistonning Jalolobod viloyati bilan chegaradosh.
Ayni ushbu mahallada oʻzbek, qirgʻiz va uygʻur millatiga mansub 5 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi.
Oʻtgan yilning oktyabr oyida mahalla hududida 18 nafar imkoniyati cheklangan fuqaro hamda ehtiyojmand oilalarga 24 xonadondan iborat 4 qavatli uy-joylar foydalanishga topshirilgan edi.
Kuni kecha ushbu koʻp qavatli uyda yashovchi yurtdoshlarimizga sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish maqsadida Davlat xizmatlari Agentligi viloyat boshqarmasining maxsus jihozlangan avtobusi keldi.
Xizmat koʻrsatish oldidan DXM xodimlari tomonidan xalqni rozi qilish uchun qilinayotgan ishlar, yaratilayotgan qulayliklar, markaz tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar haqida tushunchalar berildi.
Tadbir davomida fuqarolarga 30dan ortiq STIR olish va aniqlash, koʻchmas mulklarga nisbatan kadastr pasportlarini shakllantirish, mulklarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish kabi xizmatlari koʻrsatildi.
– Yosh bolalarim borligi sababli bitta “INN” olish uchun deyarli ikki haftadan buyon tuman markaziga tushib kelishga imkoniyat qilolmayotgandim, – deydi Gulbahor Yuldashev. – Bugun Davlat xizmatlari markazi xodimlarining kelganini eshitib, shuni aytgandim bir pastda hal qilib berishdi. Ham vaqtdan, ham naqddan tejadim. Boʻlarkanu, shunaqa ishlasa ham.
– Shunday paytlar boʻlganki, birgina uyni kadastr qildirish uchun oylab, hattoki yillab sarson boʻlganmiz. Tashkilotma tashkilot birovlarning ortidan yugurib, yalinib, ustiga-ustak qoʻshimcha pul berib ishimizni bitkazardik. Oʻshanda ham bitsaku mayli, bitmasa vaqtimizga ham, pulimizga ham kuyib qolardik. Bunday holatlar uzoq emas uch-toʻrt yil avval ham boʻlib turardi. Zamonning zaylini qarangki, bugun davlat idoralarining oʻzi uyimizni oldiga ishimizni hal qilib berish uchun kelib turibdi. Mana shunday tizimni yoʻlga qoʻyganlarga rahmat, baraka topishsin, - deydi Muxatasarxon Arziqulova.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |