Viloyat hokimi Ergash Soliyevning navbatdagi sayyor qabuli Zarbdor tumani Gʻalaba mahallasida karantin talablariga rioya qilgan holda oʻtkazildi.
Tuman yoshlari bilan uchrashuv tarzida oʻtgan sayyor qabulda Oʻzbekiston Respublikasi viloyat xalq qabulxonasi, viloyat boshqarmalari, tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etdi.
Sayyor qabulda viloyat hokimi Ergash Soliyev bugungi kunda fuqarolarning dardu-tashvishini eshitish, turli-xil muammoli masalalarga qonuniy yechim topish, shuningdek ularga har tomonlama koʻmaklashib, har bir shaxsning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda yoshlar muammolari hal etish, davlat organlari va tashkilotlarining eng ustuvor vazifalaridan biri ekanligini taʼkidladi.
Bu borada viloyat hokimligi tashabbusi bilan xalq bilan muloqotning taʼsirchan va samarali usullari keng yoʻlga qoʻyilib, “har bir murojaat ortida inson manfaati” tamoyili asosida aholi turmush farovonligini yana-da oshirish, ular uchun barcha sohada zarur qulayliklar yaratishga eʼtibor qaratilmoqda.
Shu tamoyildan asosida sayyor qabulda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy hokimlikning vakillari, aholi, xususan, yoshlar bilan muloqotda boʻlib, odamlarni qiynayotgan muammolarni oʻrgandi. Sayyor qabul davomida kredit, ish bilan taʼminlanish, dehqonchilik qilish uchun yer ajratish bilan qator muammoli masalalar hal etildi.
Masalan, tumanning Gʻalaba mahallasida istiqomat qiluvchi ishsiz Nilufar Qurbonboyeva uyda mehnat qilishi uchun viloyat hokimidan tikuv mashinasi soʻrab murojaat qildi. Uning mazkur murojaati shu yerning oʻzida qanoatlantirilib, zamonaviy tikuv mashinasi berildi.
– Sayyor qabulda davomida jami 30 ga yaqin yoshlar ishtirok etib shundan 25 ta fuqarodan 27 masala yuzasidan murojaat kelib tushdi, – deydi hududlarni kompleks rivojlantirish 1-sektor shtabi kotibi Fazliddin Elchiboyev. – Murojjatlarning 2 tasi joyida hal etildi. 25 ta murojaat tegishli viloyat rahbarlariga topshirilib, qonun doirasida oʻrganib ijobiy hal etish yuklandi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |