2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Deputatlar joylardagi vaziyatni oʻrganmoqda

Mamlakatimizda soʻnggi yillarda odil sudlovni taʼminlash borasida izchil islohotlar olib borilmoqda.

Fuqarolarni noqonuniy xatti-harakatlardan himoya qilish maqsadida maʼmuriy sudlar, tadbirkorlarni himoya qilish kafolatini kuchaytirish maqsadida iqtisodiy sudlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Oliy Majlis huzurida Sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlashga koʻmaklashuvchi komissiya tashkil etildi.

Joriy yilning iyul oyida Prezidentimizning odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qabul qilgan farmoni esa, odil sudlovga erishish darajasini yuksaltirish, adolatli sud qarorlarini qabul qilish uchun taraflarning tengligi va tortishuvchanligini taʼminlashga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etdi.

Bugun zamon oʻzgaryapti, odamlarimizning huquqiy savodxonligi oshayapti. Fuqarolarimiz davlat va jamiyatni boshqarishda ancha faol ishtirok etmoqda. Davlat organlari ustidan jamoatchilik nazorati kundan-kunga kuchaymoqda. Mulkdorlar soni ortib, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi oshmoqda. Bularning barchasi endilikda oʻz huquqini yaxshi taniydigan fuqarolarimizning ehtiyojini qondirishga qodir boʻlgan sud-huquq tizimi boʻlishini taqozo etmoqda.

Shundan kelib chiqib, ayni kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlaridan tarkib topgan ishchi guruhi hududlarda boʻlib, odil sudlovni taʼminlash va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotganlar ishlarni tahliliy oʻrganmoqda.

Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi Jahongir Shirinov boshchiligidagi ishchi guruhi Navoiy viloyati Xatirchi tumanida tuman adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazi va notarial idora faoliyati bilan yaqindan tanishdi. U yerda faoliyat yuritayotgan xodimlarga yaratilgan sharoitlar, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlarni oʻrgandi.

Mazkur jarayonlarda fuqarolarni qabul qilish uchun yaratilgan sharoitlar, “Ishonch telefoni” va “Ishonch qutisi” samaradorligi, elektron tarzda murojaat qilish va maʼlumotlar olish imkoniyati mavjudligiga alohida eʼtibor berildi. Shu bilan birga fuqarolar va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatishda inson omilining qisqartirilganligi, “yagona darcha” tamoyili asosida davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatining amalda taʼminlanganligi, fuqarolarni ruxsat beruvchi va nazorat qiluvchi organlarga yoʻnaltirish va boshqa sansalorlik holatlari oʻrganildi.

Shuningdek, adliya boʻlimi tomonidan aholining huquqiy madaniyatini oshirish boʻyicha koʻrilgan choralar, shu jumladan, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini aholiga oʻz vaqtida yetkazish boʻyicha qilinayotgan ishlar ham oʻrganildi.

Ishchi guruhi Xatirchi tuman prokuraturasida ham boʻldi. Deputatlar hududda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga moneliksiz murojaat qilish imkoniyati mavjudligi bilan qiziqib, surishtiruv, tergov hamda sud organlarining qarorlari va xatti- harakati ustidan qilingan shikoyatlar va ularni koʻrib chiqish natijasi, surishtiruv, tergov va sud ishlariga aralashuv holatlarining mavjudligi, ularni bartaraf qilish boʻyicha qilinayotgan ishlar, korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni koʻrib chiqish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi haqida suhbatlar oʻtkazildi.

Xatirchi tumanida odil sudlov va korrupsiya masalasi yuzasidan aholi fikrini bilish maqsadida ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazildi. Bu esa, jamoatchilik vakillari tomonidan tegishli hududda odil sudlovni amalga oshirishga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillar, korrupsiya va poraxŭrlikning darajasi, korrupsiya holatlari yuqori deb hisoblangan muassasa va tashkilotlar haqida ochiqchasiga aytish imkonini bermoqda.

Mazkur oʻrganishlar natijalari mahalliy Kengashlar sessiyalarida muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

18.09.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar