Energetika vazirligi maxsus shtabi isteʼmolchilarni 2020-2021-yillar kuz-qish mavsumida elektr energiyasi bilan taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Samarqand viloyatiga boʻldi.
Ishchi guruh bu yerda mavsumga tayyorgarlik jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan joriy yilning oʻtgan davri mobaynida 2 156,3 kilometr elektr uzatish tarmoqlari va 648 ta transformator punktlari, 5 ta 35/110 kVli kuch transformatori mukammal taʼmirlandi.
Shu bilan birga, kuz-qish mavsumiga elektr uskuna va tarmoqlarni tayyorlash maqsadida uzunligi 5 534,0 kilometr boʻlgan elektr uzatish tarmoqlari va 1 575 ta transformator punktlarida joriy taʼmirlash ishlari rejalashtirilgan boʻlib, bugungi kunga qadar 4 320,3 kilomter elektr uzatish tarmoqlari va 1 257 ta transformator punktida bu boradagi ishlar bajarildi.
“Avtovaz” nimstansiyasi kuz-qish mavsumiga toʻliq tayyor holga keltirilgani yaqinlashib kelayotgan muhim pallada isteʼmolchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash imkoni yaratilishiga xizmat qiladi.
Vazirlik matbuot xizmatiga maʼlumotiga koʻra, Samarqand viloyati isteʼmolchilariga kuz-qish mavsumida jami 2 480,9 million kVt. soat elektr energiyasi yetkazib beriladi. Viloyatda isteʼmolchilar soni 840 367 ta boʻlib, shundan 37 825 ta yuridik va 802 542 ta jismoniy isteʼmolchilar (aholi) hisoblanadi.
Isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida 017,1 ming kilometr elektr uzatish tarmoqlari va 10 260 ta transformator punktlaridan foydalaniladi.
Joriy yilning 1-oktyabriga qadar 2 767,0 kilometr elektr uzatish tarmoqlari va 788 ta transformator punktlari mukammal taʼmirlanadi. Bugungi kunga 23 ta transformator punkt, 47,5 tonna transformator moyi va 74 kilometr kabel maxsulotlarining zahirasi yaratilgan.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |