2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Uyi yo‘q fuqaroga uy ajratiladigan bo‘ldi

Andijon shahar hokimi Bahromjon Haydarov shahardagi Alisher Navoiy nomli madaniyat va istirohat bog‘ida sayyor qabul o‘tkazdi.

Xalqning dardini his qilib yashash, odamlarning muammo va tashvishlarini hal etish bugun har bir rahbarning birinchi galdagi vazifasi hisoblanadi. Ana shundan kelib chiqib, o‘tkazilgan qabulda shahar hokimi 100 nafardan ortiq fuqaro bilan muloqot qilib, ularning qiynayotgan masalalarni hal etishga harakat qildi.

Qabulda axolining aksariyati uy-joy, moddiy yordam olish, bandlik, ishga qayta tiklash, kredit ajratilishiga ko‘maklashish, tibbiy xizmat, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yo‘llarni ta’mirlash kabi masalalar yuzasidan murojaat qildi.

Bir qator fuqarolarning murojaatlari shu erning o‘zida hal etildi.

– Ota-onam o‘tib ketgan, – deydi Andijon shahri Xursandlik mahallasida yashovchi Patidin Qodirov. 

– O‘z uyim yo‘qligi uchun qarindoshlarimnikida yashayman. Mavsumiy ishlar bilan shug‘ullanib, tirikchilik o‘tkazaman. Qabulda hokimimizga uy olishda yordam ko‘rsatishini so‘rab murojaat qildim.Ochig‘i, meni qiynayotgan muammo bu qadar tez hal bo‘ladi, deb o‘ylamagan edim. Shahar hokimi suhbatimizdan so‘ng menga Andijon shahridagi oilaviy yotoqxonadan alohida uy ajratib beradigan bo‘ldi.

Sayyor qabulda shahar hokimi aksariyat murojaatlarni ijobiy hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berdi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan odamlarning muammo va tashvishlarini hal etish, og‘irini engil qilish yo‘lida olib borilayotgan bu kabi xayrli ishlar, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik yurtdoshlarimizning davlatga, ertangi kunga bo‘lgan ishonch va umidini yanada mustahkamlamoqda.

 

photo_2020-09-28_21-31-10.jpg


photo_2020-09-28_21-31-13.jpg

 

photo_2020-09-28_21-31-03.jpg

 

29.09.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar