Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov 26-sentyabr kuni Kattaqoʻrgʻon shahrida, 28-sentyabr kuni esa Urgut tumanida aholi uchun sayyor qabullar oʻtkazdi.
Qabullarda viloyatdagi toʻrt sektor rahbari, boshqarma va idoralar rahbarlari hamda mazkur ikki hudud masʼullari qatnashib, fuqarolarning murojaatlarini tingladi.
Kattaqoʻrgʻonda va Urgutda ham aholi asosan kommunal xizmatlar, yoʻl qurilishi, uy-joy va yer ajratish masalalarida murojaat qildi. Har bir masala shu yerning oʻzida mutasaddilar ishtirokida muhokama etilib, muammoning ijobiy hal etilishi yoki rad etilishi sabablari tushuntirildi. Oʻrganish talab qiladigan masalalar yuzasidan muddat belgilandi.
– Hal etilmaydigan muammoning oʻzi yoʻq, – dedi E.Turdimov. – Agar imkoniyati yoʻq yoki qonunga zid murojaat boʻlsa, bunga shaxsan oʻzim rad javob beryapman.
Haqiqatdan ham qabullar chogʻida ayrim kishilar toʻrt muchasi sogʻ, uy-joyi boʻlsa-da moddiy yordam yoki bepul uy-joy berilishini, imorat qurish uchun yer ajratilishini soʻradi. Bunday kishilarga moddiy yordam koʻrsatish yoki ijtimoiy muhofazaga olishning amaldagi tartiblar tushuntirildi, ish oʻrinlari taklif etildi. Asossiz murojaatlar rad etildi.
Qayd etilishicha, endilikda har haftaning payshanba kuni viloyat hokimligida sayyor qabullarda tushgan murojaatlar ijrosi muhokama qilib boriladi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |