2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Minnatdorlik hissi – eng oliy mukofot

Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini toʻlaqonli himoya qilish yoʻlida samarali ish olib bormoqda.

Jumladan, Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi Xalq qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar bilan muloqotda boʻlganimizda, ularning qabulxonadan mamnunligini, tashkilotga murojaatlar koʻrib chiqilishi ustidan xolisona va oʻz vaqtida nazoratga olgan holda bajarilishini taʼkidladi.

 

Maʼlumotlarga koʻra, qabulxonaga joriy yilning 1-oktyabriga qadar jami 481 nafar fuqaro 482 ta masala yuzasidan murojaat qilgan. Ushbu murojaatlarning 377 tasi hududiy tashkilotlarga, 79 tasi yuqori tashkilotlarga yuborilgan, 29 tasi esa Xalq qabulxonasi tomonidan koʻrib chiqilgan. Koʻrib chiqilgan murojaatlarning 294 tasi qanoatlantirilib, 27 ta murojaat boʻyicha tushuntirish berilgan.

 

– Qanoatlantirilgan murojaatlarning aksariyatini karantin sababli moddiy yordam va ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan fuqarolardan kelib tushgan arizalar tashkil etadi, – deydi Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi Baxtiyor Mirobidov. – Shunga koʻra, yakka yolgʻiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan fuqarolar holidan xabar olinib, ularga dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Muhtoj oilalarga yordam koʻrsatildi.

 

Xususan, Shayxontohur tumani Koʻkcha Darvoza mahallasi hududidagi M.Uygʻur koʻchasida yashovchi 1946-yilda tugʻilgan 2-guruh nogironi Abduraim Abdurahmonov harakatlanishi uchun qiynalayotganligini bildirib, nogironlik aravachasi ajratib berilishida amaliy yordam soʻrab Xalq qabulxonasiga murojaat qildi. Ushbu murojaat roʻyxatga olinib, Xalq qabulxonasi maʼsul xodimlari tomonidan tezkorlik bilan oʻrganib chiqildi va Xalq qabulxonasi hamda tuman tibbiyot birlashmasi bilan birgalikda fuqaroga nogironlik aravachasi ajratib berildi.

 

– Yoshim 74 da, qariganing sari harakatlanish qiyin boʻlib ketaverarkan, – deydi A.Abdurahmonov. – Bora-bora aravachaga muhtojlik his qildim. Shu sabab Xalq qabulxonasiga murojaat qildim. Baraka topishsin, karantin payti boʻlishiga qaramay ular menga yordam berishdi. Yangi aravacha olib berishdi. Hozirda, hech kimning yordamisiz tashqariga – toza havoga, koʻchaga aylanib kelishga, xatto poliklinikaga ham ushbu aravachada baʼmalol chiqib kelyapman. Aholi koriga yarayotgan, ularning holidan xabar olayotgan shunday tashkilotlarni yoʻlga qoʻygan Prezidentimizga ming rahmat.

 

Shuningdek, Chorsu mahallasida yashovchi 1939-yilda tugʻilgan fuqaro Larisa Galkina murojaatiga koʻra, Gematologiya va Qon quyish ilmiy tekshirish instituti tomonidan fuqaroga bepul qon quyilishi va xizmat koʻrsatilishiga erishildi.

 

– Qirq yil sogʻliqni saqlash sohasida ishladim, – dedi L.Galkina. – Betobligim sababli har oy Gemotologiya shifoxonasida davolanaman. Hozirgi kunda donarlar tomonidan topshirilgan qonning narxi oshib ketgan. Bunga nafaqa pulim yetmaganligi sabab Xalq qabulxonasiga yordam soʻrab murojaat qildim. Ular murojaatimni qisqa vaqtda koʻrib chiqib, Gematologiya va Qon quyish ilmiy tekshirish instituti tomonidan bepul qon quyilishi va xizmat koʻrsatilishiga yordam berishdi. Baraka topishsin, ogʻirimni yengil qildi.

09.10.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar