2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sayyor qabullar: navbatdagi manzil Buxoro viloyati bo‘ldi

Buxoro viloyatining Buxoro shahri, Vobkent, Romitan va Jondor tumanlarida tashkil qilingan sayyor qabullarda viloyatning barcha hududi qamrab olindi. Mazkur qabullar Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonasi, shuningdek, 20 ga yaqin vazirlik va idoralar mutasaddilari ishtirokida o‘tkazildi.

Muloqotlar davomida ichki ishlar faoliyatiga oid, sud qarorlari yuzasidan va prokuratura organlariga eng ko‘p murojaat kelib tushdi. Shuningdek, mazkur qabullar viloyatda bank tizimi, gaz va elektr ta’minoti, mehnat va bandlik, yo‘llarni ta’mirlash, uy-joy, moddiy yordam, ijtimoiy ta’minot, sud qarorlari ijrosi va aliment, sog‘liqni saqlash, kadastr, maktabgacha ta’lim va xalq ta’limi masalalarida ham echimini kutib turgan ko‘plab muammolar borligini ochiq-oydin ko‘rsatib berdi.

Mas’ullar o‘z sohasi bo‘yicha murojaatlarni tinglash bilan birga olis qishloq va mahallalarga borib, aholi muammolarini o‘rgandi.

Bu jarayonda yo‘llar ta’miri bilan bog‘liq qator masalalar ham joyida hal qilindi. Murojaatlar asosida 1,8 km. yo‘lga asfalt qoplamasi yotqizildi, 6 km. loy-tuproq ko‘chalar tosh yo‘lga aylantirildi.

Buxorolik Jamshid Rahimov qabulga ko‘pning tashvishi – Chorbakr ziyoratgohiga boradigan avtomobilь yo‘lini ta’mirlash masalasiga echim izlab keldi. Murojaat joyiga chiqib o‘rganilgach, shu kunning o‘zida 1 km. yo‘l ta’mirlab berildi. Vobkent tumani «Rabotoxun» mahallasi aholisi ham changu loy yo‘llarda yurishdan qiynalib ketgan edi. Ayniqsa, yog‘in-sochinli kunlarda bu ikki karra azob bo‘lar edi. Shu mahallada yashovchi Abdurahmon Fozilov muloqotlar davomida bu muammoni ko‘targach, masalaga echim topildi. Bir kun ichida Rabotoxun mahallasining 1 km. yo‘liga qum-shag‘al to‘shab berildi. Jondor tumani «Xumdonak» mahalla fuqarolar yig‘ini Qo‘shrabot qishlog‘idagi 3,5 ming aholi yozda ham, qishda ham yo‘l azobini tortardi. Ularning murojaati joyiga chiqib o‘rganilgach, shu kunning o‘zidayoq ishga kirishildi. Kunning birinchi yarmidayoq yo‘lning 0,5 km. qismi joriy ta’mirlandi.

Vobkent va Jondor tumanlaridagi qabullarda aholi vakillari mas’ullardan ikki tumandan Toshkent shahriga to‘g‘ridan to‘g‘ri avtobus yo‘nalishlarini ochish masalasida amaliy yordam so‘radi. Bu murojaat Transport vazirligi bilan birga o‘rganilib, hal qilinadigan bo‘ldi.

Elektr tarmoqlaridagi muammolar o‘rganilgach, uch kun ichida 3 ta transformator yangilandi-ta’mirlandi, 8 ta ob’ektda elektr energiyasi kuchlanishi me’yoriga keltirildi,bir qator hududlarda simyog‘ochlar o‘rniga beton-tayanch ustunlar o‘rnatildi, zamonaviy elektr hisoblagichlar o‘rnatib berildi.

Buxoro shahri Somiy ko‘chasidagi ko‘p qavatli 6-uy aholisi esa ommaviy qabulga ichimlik suvi va tom masalasiga echim so‘rab keldi. Sababi – bu uyning tomi ta’mirtalab, yuqori qavatlarga esa suv chiqmas edi. Murojaatdan so‘ng bu muammoni zudlik bilan hal qilish choralari ko‘rildi. Natijada qisqa vaqtda 6-uyning tom qismini ta’mirlash ishlari boshlandi. O‘rganishlardan so‘ng Somiy ko‘chasidagi boshqa ko‘p qavatli uylar erto‘lasida ham suvni yuqori qavatlarga uzatib beruvchi elevatorlar o‘rnatish ishlariga kirishildi.

Buxoro shahrining Turdi Farog‘iy ko‘chasidagi 6-, 7-uylar aholisining murojaatlari joyiga chiqib o‘rganilgach, uylar oldidagi ta’mirtalab yo‘laklarni betonlashtirib berildi.

Oliy sud mas’ullariga murojaatlardan so‘ng 35 ta ish nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi, 5 ta da’vo arizasi qabul qilinib, nazoratga olindi.

Bosh prokuratura mas’ullariga murojaatlar natijasida 7 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish bo‘yicha qaror bekor qilindi, 5 ta jinoyat ishi alohida nazoratga olindi.

Majburiy ijro byurosi vakillari 7 ta murojaat bo‘yicha aliment qarzdorligini undirib berdi, mol-mulkni bo‘lish bo‘yicha sud qarorlari ijrosi ta’minlandi.

Ichki ishlar vazirligi mas’ullariga murojaatlardan so‘ng 4 ta holatda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilishi belgilandi, 3 nafar fuqaro ichki ishlar tizimiga ishga qabul qilindi, 2 murojaatchi vaqtincha ro‘yxatga qo‘yildi, 1 nafar sobiq ichki ishlar xodimi ishga qayta tiklandi. Shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan 6 nafar shaxsga O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik pasporti topshirildi, 11 nafar fuqaroning pasporti yangilab berildi.

Markaziy bank mas’ullariga murojaatlardan keyin tadbirkorlik sub’ektlariga 261,6 mln. so‘m kredit ajratildi; qator murojaatchilarning kredit muddatlari uzaytirib berildi.

Kadastr masalasi bo‘yicha murojaatlar asosida ijtimoiy himoyaga muhtoj 9 nafar fuqaroning kadastr hujjatlari rasmiylashtirib berildi, 3 ta holatda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun er uchastkalari auktsionga chiqarildi.

Muloqotlar mobaynida ko‘plab ijtimoiy masalalarga ham echim topildi. Deylik, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda boshqa mas’ul tashkilotlarga murojaatlardan keyin uy-joysiz qiynalib yurgan 4 ta oila oilaviy yotoqxonadan turar-joy bilan ta’minlandi, 25 nafar insonga moddiy yordam va oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosariga murojaatlar asosida og‘ir ahvoldagi 8 nafar bemorga davolanish va jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun yo‘llanmalar ajratildi, 30 nafardan ziyod ehtiyojmand insonlar nogironlik aravachasi, protez-ortopediya vositalari, dori-darmonlar bilan ta’minlandi.

Ish masalasida murojaat qilgan 39 nafar fuqaro doimiy ish joyiga ega bo‘ldi, 3 ta holatda oylik ish haqlari undirib berildi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi mas’ullari 450 o‘rinli 18 ta oilaviy, davlat xususiy sherikchilik asosida 200 o‘rinli 2 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil qilish bo‘yicha kelishuvlarni imzoladi. Bu bilan 66 nafar xotin-qizning bandligini ta’minlashga erishiladi.

Xalq ta’limi vazirligi mutasaddilariga murojaatlar asosida esa 12 nafar fuqaro xalq ta’limi tizimiga ishga qabul qilindi, qator maktablardagi internetga ulanish, to‘garak tashkil qilish kabi muammolar hal qilib berildi.

Qisqa aytganda, Buxoro shahri, Vobkent, Romitan va Jondor tumanlaridagi ommaviy qabullarda 1 ming 554 ta murojaat asosida 1 ming 584 ta masala ko‘rib chiqildi. Ularning 847 tasiga joyida echim topilib, hal qilindi.132 ta murojaat egalariga tushuntirish berildi, 605 ta murojaat bo‘yicha aniq muddat va mas’ullar belgilanib, nazoratga olindi.

Vazirlik va idoralar, sektor rahbarlari, mutasaddi tashkilot va korxonalar mas’ullariga nazoratga olingan har bir murojaat qonun doirasida atroflicha o‘rganilib, amalda hal qilinishi yuzasidan qat’iy topshiriq berildi va shaxsiy javobgarlik yuklatildi.

photo_2020-10-13_12-18-17.jpg

 

photo_2020-10-13_12-18-16.jpg

13.10.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar