Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan hududlarda tizim faoliyatini samarali tashkil etish, aholiga koʻrsatiladigan xizmatlarni yana-da rivojlantirish maqsadida Toshkent viloyatining 22 ta tuman va shahrini qamrab olgan holda sayyor qabullar oʻtkazildi.
Xususan, Olmaliq, Chirchiq, Nurafshon, Yangiyoʻl shaharlari, Bekobod Parkent, Zangiota tumanlaridagi Xalq qabulxonalarida sohadagi muammo va shikoyatlarni oʻrganishga qaratilgan fuqarolar bilan uchrashuvlarda viloyatda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Transport vazirligi masʼullari hamda Toshkent viloyati transport boshqarmasi boshligʻi Sadriddin Shoqosimov korxona rahbarlari va tadbirkorlar bilan uchrashib, sohaga doir savollarga javob qaytardi. Bildirilgan takliflar, koʻtarilgan masalalar yuzasidan jami 62 ta murojaat kelib tushgan boʻlsa, qabullar davomida ulardan 11 tasiga mutasaddilar tomonidan tushuntirishlar berildi. Ayrim masalalarni joyiga chiqib oʻrganish, taklif boʻyicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muhokama qilindi. Shuningdek, mavjud muammolarni oʻrganish borasida viloyatdagi 10 dan ziyod hududlarda reydlar tashkil etiladigan boʻldi.
Qayd etilganidek, Olmaliq shahriga “Yutong” va “Foton” rusumli avtobuslarni olib kelish va qatnov yoʻnalishlariga qoʻyish masalasi tadbirkorlar eʼtiborida boʻlib, bu orqali aholiga yana-da qulaylik yaratiladi.
Shu bilan birga, Boʻka tumanining “Koʻk-orol”, “Baxmal”, “Guliston”, “Ramadon”, “Qiyiqchi”, “Moytepa” mahalla fuqarolar yigʻinlarigacha, Oʻrta Chirchiq tumanidagi “Yongʻichqoli-Qoʻyliq bozori”, “Ishchilar shaharchasi - Yangiyoʻl bozor”, “VH-220-Yangiyoʻl dehqon bozori – viloyat shifoxonasi”, Zangiota tumanidagi “Xonobod-Qoʻyliq dehqon bozori” yoʻnalishi va Erkin hududidan Toshkent shahriga transport qatnovlarini tashkil etish lozim.
Shuningdek, viloyatning poytaxtga yaqin ayrim tumanlaridagi mahallalardan qatnovchi avtobuslar faoliyatini qayta tiklash, shu kabi yoʻnalishlarda transport qatnovlarini tizimli tashkil etish lozimligi aytildi. Yoʻllardagi tirbandliklarning oldini olish, haydovchi va yoʻlovchilarning vaqtini ketkazmaslik borasida chora-tadbirlar koʻrish lozimligi taʼkidlandi.
Noroziliklar, noqonuniy harakatlarga sabab boʻlayotgan yoʻnalishlar borasida boshqarma inspektorlari tomonidan tezkor reydlar tashkil etilib, kamchiliklar tez kunlarda bartaraf qilinadi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |