Mamlakatimiz boʻylab “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ni shakllantirish maqsadida xududlarda yoshlar va ayollar muammolari aniqlanmoqda. Bu borada Qoraqalpogʻiston Respublikasida ham amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Nukus shahri va Beruniy tumanida “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ni joriy etish boʻyicha maxsus shtab tashkil etildi.
Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarma boshligʻi, senator Abatbay Daniyarov, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Markaziy apparati boshqarma boshligʻi, respublika Ishchi guruh aʼzosi Fazliddin Baxromov shtab aʼzolariga maqsad va vazifalari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdi.
Shu kunning oʻzida ishchi guruh aʼzolari tomonidan Nukus shahridagi “Qutli qonis” mahalla fuqarolar yigʻini hududida uyma-uy yurib, har bir ayol va yoshlarning muammolarini oʻzida aks ettiradigan maxsus soʻrovnoma tuzib chiqildi.
Jumladan, ushbu mahalla fuqarolar yigʻini hududida istiqomat qiluvchi Sharapat Perdeboyev kasb-hunar kollejini tamomlab, bugungi kunda ishsiz edi. U tadbirkorlik bilan shugʻullanib, issiqxonada poliz mahsulotlarini yetishtirmoqchi. Sharapat “Yoshlar daftari”ga kirish uchun anketa soʻrovnomasini toʻldirdi.
Nukus shahridagi “Sarbinoz” mahalla fuqarolar yigʻini hududida ham mana shunday oʻrganishlar olib borildi. Hududda istiqomat qiluvchi Aliya Tanjarboyeva ishchi guruh aʼzolari bilan suhbatda vaqtinchalik ishsiz ekanligini, 4 yoshdagi nogironligi boʻlgan farzandi bor ekanligini, uy sharoitida mehnat qilish istagini bildirdi. Aliya tikish-bichish hunarini yaxshi egallaganini qayd etdi. Shuning uchun unga tikuv mashinasi zarur. Aliya soʻrovnomaga oilaviy va ijtimoiy, ishsizlik holati, kasbiy koʻnikmalari, ish bilan shugʻullanish boʻyicha qiziqishini bayon etdi.
– Shtabning 30 nafar aʼzosi xonadonlarda toʻldirilgan soʻrovnomalarni elektron tarzda shakllantirib boramiz,– deydi Paraxat Qazaqbayev. – Shaxsan oʻzim har kuni 500 ga yaqin anketa soʻrovnomasini elektron bazaga joylayman. “Yoshlar daftari”ni shakllantirish jarayonida koʻplab yoshlar va ayollar oʻzlarining muammolarini ochiq oydin bildirishiga imkon yaratayotganligi guvohi boʻlmoqdamiz.
Bu kabi amaliy ishlarning negizida ishsiz yoshlar va ayollarning istak hoxishlaridan kelib chiqqan holda ularning bandligini taʼminlash asosiy maqsad ekanligi ravshan. Shakllantirilayotgan mazkur daftar yoshlar va ayollar muammolarini bartaraf etilishiga xizmat qilishiga shubha yoʻq.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |