2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sirdaryoliklarning 600dan ziyod murojaati oʻz yechimini topdi

Guliston, Shirin, Yangiyer shaharlari va Sirdaryo tumanida Prezident administratsiyasi, Xalq qabulxonalari boshchiligida 20 ga yaqin vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida tashkil qilingan sayyor qabullarda viloyatning barcha hudud aholisi qamrab olindi.

Muloqotlar davomida qator murojaatlar joyiga chiqib oʻrganilgani koʻplab masalalarni joyida hal qilish bilan birga tizimli muammolarni ham tahlil qilish, ularning yechimlari boʻyicha maqbul chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini berdi.

 

Bosh prokuror oʻrinbosari 137 ta masalani koʻrib chiqib, ularning 89 tasiga joyida yechim topdi. Xususan, 3 ta sud qaroriga protest, 2 ta sudga daʼvo arizasi kiritildi. 19 nafar murojaatchining 34,8 mln. soʻmlik ish haqi undirildi, 5 nafar fuqaroga yer uchastkalari, 5 nafar fuqaroga moddiy yordam, 10 nafar fuqaroga kredit ajratilishi taʼminlandi. 7 nafar fuqaro ishga joylashtirildi.

 

Oliy sud raisi oʻrinbosariga murojaatlar asosida 22 nafar shaxs jazoni oʻtashdan muddatidan oldin ozod qilindi, 7 nafar shaxsga nisbatan belgilangan jazo yengilrogʻiga almashtirildi, 1 nafar shaxsga tayinlangan jazo qisqartirildi, 7 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilindi. Shuningdek, muloqotlar davomida 22 nafar voyaga yetmagan farzandi bor 12 ta oila yarashtirildi, 5 ta ish boʻyicha 2 mlrd. 884. mln. soʻm undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar qanoatlantirildi.

 

Ichki ishlar vazirligi masʼullari 83 ta murojaatdan 48 tasini joyida hal qildi. Xususan, 8 nafar fuqaro ichki ishlar organiga ishga qabul qilindi, fuqaroligi boʻlmagan 35 nafar shaxsga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti berildi.

 

Qabullar davomida Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiga kelib tushgan 62 ta murojaatning 29 tasi joyida hal qilib berildi. Buning natijasida 19,9 km. yoʻl joriy taʼmirlandi, qariyb 4,5 km. tuproq yoʻllarga tosh-shagʻal yotqizildi. Deylik, Xovos tumani “Yangiyer” mahallasida istiqomat qiluvchi Bobonazar Xudoynazarovning murojaati asosida mahallaning 1 km.dan ziyod chang koʻchalari tosh yoʻlga aylantirildi. Xovos tumani “Oqchangal” mahallasi aholisining murojaatlaridan keyin esa 8-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga eltuvchi asosiy yoʻlni asfaltlash ishlari boshlandi.

 

Elektr energiyasi taʼminoti bilan bogʻliq 49 ta murojaatning esa 38 tasiga joyida yechim topildi. 27 ta transformator punktida qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilgan boʻlsa, 64 ta eskirgan simyogʻochlar beton ustunlarga almashtirildi, 1,2 km. elektr tarmogʻi tortildi.

 

Qabullardagi murojaatlarni koʻrib chiqishda turli tashkilotlar oʻrtasidagi hamkorlik kommunal sohaga oid qator murojaatlarning ham aksariyatini hal qilish imkonini berdi. Jumladan, Sirdaryo tumani Paxtakor mahallasi “Ulugʻbek” koʻchasida joylashgan ikki qavatli turar joy tomlari taʼmirtalabligi bois qor-yomgʻir suvlari xonadonlarga sizib kirar, hatto 1 qavatgacha yetib borgan edi. Qabullar davomida bu masala ham joyiga chiqib oʻrganildi va qisqa muddatda tijorat banklaridan kredit ajratilishi hal etib berildi. Yaqin kunlarda uylarning tomi toʻliq yangidan shifer bilan qoplanadi.

 

Xuddi shunday oʻrganishlar asosida Xovos shaharchasi “Bunyodkor” MFY hududidagi suv quvurlarini taʼmirlash ishlari boshlab yuborildi.

 

Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari esa 77 ta murojaatning 49 tasiga yechim topdi. Natijada, 18 nafar fuqaroga davolanish uchun order va yoʻllanma, oʻnlab murojaatchilarga nogironlik aravachalari, protez-ortopediya buyumlari, dori-darmonlar ajratildi.

 

Avvalgi sayyor qabullarda Xovos chegara oldi hududida yashovchi aholi eskirib, buzilishga tushgan “Sharqobod” qishloq vrachlik punktini saqlab qolishda amaliy yordam soʻrab murojaat qilishgan edi. Bu muammo joyiga chiqib oʻrganilgach, muassasa nafaqat saqlab qolindi, balki qayta taʼmirlanib mutlaqo yangi koʻrinishga ega boʻldi. Navbatdagi murojaatlardan soʻng esa muassasaga zamonaviy tibbiyot jihozlari ham olib berildi.

 

Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosariga murojaatlardan keyin esa 6 ta maktabga 95 ta kompyuter jamlanmasi va badiiy adabiyotlar yetkazib berildi, 22 nafar murojaatchi xalq taʼlimi tizimiga ishga qabul qilindi .

 

Bu galgi sayyor qabullar Xovos tumanidagi 4-umumiy oʻrta taʼlim maktabi jamoasi uchun ham unutilmas voqelik aylandi. Sababi mazkur maktab oʻqituvchisi Ulugʻbek Doʻstmurodovning xalq taʼlim i vaziri oʻrinbosariga murojaatidan keyin maktabga 15 ta zamonaviy kompyuter jamlamasi ajratildi.

 

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi masʼullariga murojaatlardan keyin 8 ta xonadonga 1,2 km. optik tolali aloqa kabellari tortilib, internet ulab berildi.

29.10.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar