Andijon shahridagi A.Navoiy nomli madaniyat va istirohat bogʻida viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, shuningdek, tuman, shahar hokimlari, viloyat tashkilotlari rahbarlari sayyor qabul oʻtkazdi.
Turli muammolardan aziyat chekayotgan, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida boʻlgan va boshqa masalalar boʻyicha murojaat qilgan fuqarolarning aksariyati bilan viloyat, tuman, shahar hokimlari bevosita suhbatlashdi, odamlarning muammo, dardlari tinglandi, imkon qadar shu yerning oʻzida hal etildi.
– Bu kabi qabullarni oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad, Prezidentimiz oldimizga qoʻyayotgan eng birinchi vazifa – odamlarning hayotdan rozi boʻlib yashashlarini taʼminlash, ularning ogʻirini yengil qilishga koʻmaklashish, – deydi viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov. – Qolaversa, bu kabi muloqotlar bizgacha yetib kelmayotgan muammolardan xabardor boʻlishga imkon beradi, odamlarning davlatga, ertangi kunga umid va ishonchini mustahkamlashga yordam beradi.
Erta tongdan boshlangan qabul davomida viloyat hokimi 180 nafar fuqarolarni qabul qildi.
– Alohida uy-joy qilishga hech imkon qilolmayapmiz, – deydi Marhamat tumanidagi Yoʻlamatol mahallasida yashovchi Barnoxon Umarova. – Sayyor qabul boʻlishini eshitib, uy-joy masalasida yordam soʻrab kelgandim. Ming rahmat, viloyat hokimi dardimga quloq tutdi. Tuman hokimi, mutasaddi idoralar rahbarlariga topshiriqlar berdi. Menga bu masalada yordam beriladigan boʻldi.
Sayyor qabul davomida ishga joylashish, yoʻllarni taʼmirlash, toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, elektr simyogʻochlar oʻrnatish va eskirgan transformatorlarni almashtirish, imtiyozli kredit olish, suyultirilgan gaz ballonlari ajratilishi, davolanish uchun imtiyozli yoʻllanma va nogironlik aravachalari, moddiy yordam olish, uy-joy ajratilishi, tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun yer, imtiyozli kredit olish va boshqa masalalarga oid 750 dan ziyod murojaatlar qabul qilindi.
Qabul davomida yechimi maʼlum vaqt talab etadigan murojaatlar boʻyicha tegishli tashkilotlarga aniq koʻrsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, turli darajadagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlarining aholi vakillari bilan muloqotlari odamlarning orzu-istaklari, talab va ehtiyojlarini oʻrganish, ularga imkon qadar koʻmak berish, mavjud muammolarni oʻz joyida yechimini topishga imkon bermoqda. Shu bilan birga, Prezidentimiz tashabbusi bilan odamlarning muammo va tashvishlarini hal etish, ogʻirini yengil qilish yoʻlida olib borilayotgan bu kabi ishlar yurtdoshlarimizning turmush farovonligini oshirishga, davlatga, ertangi kunga boʻlgan ishonchini mustahkamlamoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |