Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi tog‘li Ko‘xsor qishlog‘i viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Sirojiddin Eshmatov ko‘magida toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.
Joriy yilda viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining tuman markazidan 200 kilometr uzoqda joylashgan tog‘li qishloqda o‘tkazgan sayyor qabulida aholi qator masalalarni o‘rtaga tashlab, ichimlik suv bilan bog‘liq muammolarini ham aytgan va tog‘li hududga quvurlar tortishda amaliy yordam so‘ragan edi.
Tog‘lar qo‘ynidagi chekka qishloqda 2 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Ko‘xsorliklarning yashash tarzi va muammolarini tinglagan S.Eshmatov shu kuni hududga ichimlik suvini olib kelish yo‘llarini atroflicha o‘rgandi. Quvurlarni ikki tog‘ o‘rtasidan tortish uchun sarflanadigan xarajatlarni hisob-kitob qildi. Shundan so‘ng loyiha hujjatlari tayyorlanib, quvur yotqizish va aholini toza ichimlik suvidan bahramand etish uchun mahalliy byudjetdan 188 million so‘mga yaqin mablag‘ ajratildi. Polietilen quvurlar xarid qilinib qishloqqa yetkazildi.
Ko‘p yillardan buyon bunday xayrli ishning amalga oshishini orziqib kutgan qishloq aholisi quvurlarni o‘rnatishni o‘z zimmasiga olib, hashar uyushtirdi. Tog‘ etaklari bo‘ylab suv quvurlarini tortdi. Qisqa kunlarda qishloq muzdekkina zilol suv bilan ta’minlandi.
– Ichimlik suvi yo‘qligidan qiynalib qolgan edik, – deydi ko‘xsorlik Usmon Nazarov. – Bu masalada mutasaddi tashkilotlarga qilayotgan murojaatimiz e’tibordan chetda qolib ketayotgan edi. Shu yil viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i kelib sayyor qabul o‘tkazganida ham umid bilan ushbu muammoni o‘rtaga tashladik. Mana, murojaatimiz hal etilib, muammoga yechim topildi. Endilikda farzandlarimiz ot-ulov bilan uzoq masofadan suv tashib kelmaydigan bo‘ldi. Yog‘in-sochinli kunlarda ham uyimiz yonidagi quvurdan ehtiyojimizga yarasha suv olib, foydalanaveramiz. Buning uchun biz avvalo, rahbarlarni xalq dardu-tashvishi bilan yashashga da’vat etayotgan davlatimiz rahbaridan minnatdormiz.
Sayyor qabul chog‘ida olis tog‘li qishloq aholisining murojaati asosida toza ichimlik suv masalasi tezkorlik bilan hal etilgani ham keyingi yillarda mamlakatimizda “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak”, degan ezgu tamoyil katta-kichik rahbarlar ongu-shuuriga chuqur singib borayotganining amaldagi ifodasidir.
Viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining sayyor qabullarida ham turli ijtimoiy muammolar o‘rtaga tashlanmoqda. Aholi ichimlik suv ta’minoti, ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr ta’minotini yaxshilash, maktabgacha ta’lim muassasasi barpo etish kabi qishloq infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan masalalarda murojaat etayotir. Bu muammolar chuqur o‘rganilib, bosqichma-bosqich o‘z yechimini topmoqda.
– Bundan tashqari viloyat to‘rtinchi sektoriga Oltinsoy, Sariosiyo, Boysun tumanlari kiritilgan, – deydi viloyat davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Ilyos Rahmatov. – Bu tumanlarda tog‘li qishloqlar nisbatan ko‘p. Shu bois o‘tayotgan yilda sektor hududidagi tog‘lar qo‘ynidagi olis qishloqlar aholisining muammolari atroflicha o‘rganilib, ularni hal etishga jiddiy e’tibor berilayapti. Albatta, bu ishlar vaqt va mablag‘ talab etayotgani uchun dolzarbliliga qarab, birin-ketin yechimi hal bo‘lmoqda. Bu olis va chekka qishloqlardagi yurtdoshlarimizning ham hayotdan rozi bo‘lib yashashiga zamin yaratayotgani bilan ahamiyatlidir.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |