O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi hamda Xalq qabulxonasi boshchiligida 20 ga yaqin vazirlik va idora rahbarlari ishtirokida Namangan viloyati aholisi uchun sayyor qabullar tashkil etildi.
Chust, To‘raqo‘rg‘on, Chortoq va Uchqo‘rg‘on tumanlarida tashkil qilingan sayyor qabullarda asosan sud-huquq, uy-joy va moddiy yordam ajratish, gaz, elektr energiyasi ta’minoti, yo‘llar ta’miri, mehnat va bandlik kabi masalalarda murojaatlar kelib tushdi. Ichki ishlar, bank, prokuratura, sog‘liqni saqlash, kadastr singari sohalar bo‘yicha ham murojaatlar ko‘p bo‘ldi.
Muloqotlar davomida turli soha mutasaddilari qator murojaatlarni joyiga chiqib o‘rgandi. Muammolarga birgalikda yechim topish uchun bor kuch-imkoniyat ishga solindi.
Bir misol – Chortoq tumani«Oromgoh» mahallasida joylashgan 49- umumta’lim maktabida kompyuter yetishmas, internet tarmog‘i yo‘q, atrofdagi yo‘llar esa ta’mirtalab edi. Bu uch muammoni tegishli sohalar mutasaddilari birga o‘rganib, birga hal qilib berishdi. Deylik, Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosarining o‘rganishlaridan so‘ng mazkur 49-maktabga 16 dona kompyuter jamlanmasi, badiiy adabiyotlar to‘plami, sport anjomlari yetkazib berildi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari esa 7 km. optik tolali aloqa tarmog‘i tortilishi va maktabning internet tarmog‘iga ulab berilishini, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi mas’ullari esa maktab atrofidagi 1,5 ming kvadrat metr yo‘lakda asfaltlab berilishini ta’minladi.
Bir maktabdagi uch muammoning uyg‘un hal qilinishi – xalq bilan muloqot tizimi turli sohalar vakillarining muammolarga birgalikda yechim topishi uchun ham nihoyatda muhim platforma bo‘layotganiga, kuch-imkoniyatlar birlashayotganiga birgina misol, xolos.
Darvoqe, viloyatdagi sayyor qabullarda Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosariga murojaatlardan so‘ng Pop va Chust tumanlaridagi ikkita maktabni rekonstruksiya qilish masalasi kelgusi yilgi dasturlarga kiritiladigan bo‘ldi, 6 nafar murojaatchi xalq ta’limi tizimida ish boshladi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosariga murojaatlar asosida 12 ta xonadonga internet tarmog‘i tortildi.
Bu galgi sayyor qabullar jarayonida esa hududdagi 10 mingdan ziyod aholiga ko‘chma savdo shoxobchalari orqali «O‘zmobayl» milliy operatorining mobil aloqa kartalarini yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi.
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga murojaatlar asosida Chust, To‘raqo‘rg‘on, Uchqo‘rg‘on, Chortoq tumanlarida 1,8 km. dan ziyod yo‘l asfalt qilindi, 3,6 km. chang-loy ko‘chalar tosh yo‘lga aylantirildi, 1,5 km. yo‘l ta’mirlandi. Jumladan,Chortoq tumanidagi mana bu mahallaga «Nurafshon», ko‘chaga esa «Obod» deb nom qo‘yilgan.
Qisqa aytsak, Chust, To‘raqo‘rg‘on, Chortoq va Uchqo‘rg‘on tumanlaridagi sayyor qabullarda 1 ming 878 ta murojaat asosida 1 ming 929 ta masala ko‘rib chiqildi.
Ularning 1 ming 167 tasiga joyida yechim topildi, 177 ta murojaat egasiga tushuntirish berildi, 585 ta murojaat bo‘yicha aniq muddat va mas’ullar belgilanib nazoratga olindi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |