Kattaqo‘rg‘on shahri, Payariq va Tayloq tumanlaridagi sayyor qabullar o‘ttizga yaqin soha bo‘yicha muammolarni bir platformada o‘rganish, masalalarni hamjihatlikda hal qilish imkonini berdi.
Prezident Administratsiyasi mas’ullari, Xalq qabulxonalari, vazirliklar, qo‘mitalar, idoralar, sektorlar rahbarlari har bir murojaatni sinchiklab o‘rgandi, ularning yechimi uchun bor kuch-imkoniyatni birlashtirdi.
Sayyor qabullarda 2 ming 87 nafar murojaatchining 2 ming 123 ta masalasi ko‘rib chiqildi. Murojaatlarning 886 tasiga joyida yechim topildi, 230 ta murojaat egasiga tushuntirish berilgan bo‘lsa, 1 mingdan ziyod murojaat bo‘yicha aniq muddat va mas’ullar belgilanib, nazoratga olindi.
Madaniyat vazirligi mas’ullari viloyatdagi chekka-olis qishlog‘u mahallalardagi e’tibordan bir qadar chetda qolayotgan madaniy meros ob’ektlarida o‘rganishlar olib bordi.
Kattaqo‘rg‘on shahri Majidiy ko‘chasidagi uyda XVII asrda mashhur mutasavvuf alloma, o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyondasi So‘fi Olloyor yashab ijod qilgan. Mazkur sangtaroshlik namunalari-yu peshtoqdagi qadimiy yozuv, naqshin ustunlar ham uch asrdan ziyod tarixga ega.
Ayni paytda bu joyda mahalla idorasi joylashgan, biroq bu tarixiy ob’ekt aslida tayyor muzeyga asos. Madaniyat vazirligi mas’ullarining o‘rganishlaridan so‘ng islom ma’rifatini xalqona tilda tushuntirib bergan asarlari bilan nafaqat Markaziy Osiyoda, balki boshqa mintaqalardagi turkiy davlatlarda ham mashhur So‘fi Olloyor hazratlari yashagan uy 2021 yilda rekonstruksiya qilinib, obodonlashtiriladigan hamda bu manzilda uy-muzey barpo qilinadigan bo‘ldi.
Xalq ta’limi vazirligi mas’ullari esa murojaatlar asosida turli qishloqlardagi nogironligi bor, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarda yashovchi o‘quvchilar holidan xabar oldi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |