2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Surxondaryo: sayyor qabullarda qanday muammolar hal etildi?

Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi Oltinsoy va Denov tumanlarida tashkil qilgan ommaviy qabullarda 228 ta masala bo‘yicha murojaatlar ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, ularning qariyb 120 tasiga joyida yechim topildi.

Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi tashkil qilayotgan viloyat sektorlari rahbarlarining ommaviy qabullarida markazdan tortib, to olis-chekka hududlarda yashayotgan aholi qamrab olinmoqda. Jonli muloqotlarda joyida hal qilish imkoni bor masalalarga o‘sha yerning o‘zida yechim topilayotgan bo‘lsa, ijrosi muayyan vaqt hamda mablag‘ talab etadigan masalalar yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilanib, nazoratga olinishi natijasida ularni ham bosqichma-bosqich hal qilishga erishilmoqda.

Denov tumanidagi “Totuvli” va “Iftixor” mahallalari aholisini ham shu muammo qiynab kelardi. Ikki mahallani bog‘lab turgan katta anhor ustidagi eski ko‘prik qurilganiga 78 yil bo‘lgan. Hudud aholisi shu yil avvalida bo‘lib o‘tgan ommaviy qabulda bu muammoga yechim so‘ragach, masala tegishli dasturlarga kiritildi. Natijada uzunligi 42 metr, eni 12 metrli ulkan ko‘prik qurilib, foydalanishga topshirildi.

Shu yilning fevral oyida viloyatning eng olis nuqtalaridan biri – Oltinsoy tumanining “Vaxshivor” mahallasida o‘tkazilgan viloyat hokimining ommaviy qabulida tog‘li qishloq aholisi ko‘prik muammosiga amaliy yechim so‘ragan edi. Sababi – “Vaxshivor” mahallasi hududidagi “Lalmi” va “Qo‘sharcha” qishloqlari aholisi mahalla markaziga borish uchun uchun 5 km. yo‘lni aylanib o‘tishga majbur edi. Murojaatdan so‘ng vaqtinchalik foydalanib turish uchun uzunligi 50 metr bo‘lgan osma ko‘prik qurildi. Endi 100 nafardan ortiq aholi, shuningdek, maktab o‘quvchilari avvalgidek 5 km masofani aylanib, yurmasdan ushbu ko‘prik orqali Vaxshivor markaziga borib-keladigan bo‘ldi.

Prezidentimizning Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi tomonidan Oltinsoy tumanining “Sayrak” va Denov tumanining "Jamatak" mahallalarida tashkil etilgan navbatdagi ommaviy qabullarda fuqarolarni o‘ylantirib kelayotgan ana shunday masalalarga yechim izlandi.

Oltinsoyning "Sayrak" mahallasidagi muloqotlarda elektr, suyultirilgan gaz, ichimlik suvi ta’minoti, yo‘llarni ta’mirlash bilan bog‘liq qator muammolarga yechim topildi. Deylik, Oltinsoy tumani “Mingchinor” mahallasidagi mavjud transformator 1970 yilda o‘rnatilgan bo‘lib, allaqachon foydalanish muddatini o‘tab bo‘lgan edi. Aholi soni oshib, xonadonlar kengaysa-da, elektr energiyasi bilan bog‘liq muammo muammoligicha qolgan edi. Murojaatdan so‘ng mahalla ahli uchun 160 xo‘jalikka mo‘ljallangan yangi transformator o‘rnatib berildi.

Xuddi shunday murojaatlar asosida “Sayrak” qishlog‘ida elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar hal qilinadigan, tomorqalarni sug‘orish uchun barqaror oqar suv bilan ta’minlanadigan, “Chinor” mahallasida esa 2021 yilgi dastur asosida yangi maktab barpo qilinadigan bo‘ldi. "Xidirsho" qishlog‘idan qabulga kelgan Soatmo‘min Abdusattorovning murojaati asosida qishloqqa 2 km. ichimlik suvi tarmog‘i tortilib, 30 ta xo‘jalik obi-hayot bilan ta’minlanadigan bo‘ldi.

Sayrak qishlog‘ida o‘tkazilgan ommaviy qabulda hududdagi Sayrak, Ovchi, Xidirsho, Jobu, Dug‘oba, Ipoq, Mo‘minqul, Obshir, Chinor kabi o‘ndan ziyod dasht, tog‘oldi va tog‘li qishloqlar aholisi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. O‘ndan ziyod murojaatchilarga viloyat shifoxonalarida davolanishlari uchun imtiyozli yo‘llanmalar berildi.

Shu yerning o‘zida aholiga sayyor davlat xizmatlari ham ko‘rsatildi. Deylik, Zulayho Ochildiyeva 15 yoshga to‘lgan bo‘lsa-da haligacha tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaga ega emas edi. Sayyor qabulda bu muammo o‘rganilgach, shu yerning o‘zida hal qilib berildi.

Denov tumanidagi “Chim” mahalla fuqarolar yig‘inining “Jamatak” mahallasida davom ettirilgan ommaviy qabulda Xalq qabulxonasi va viloyat sektorlari rahbarlariga murojaatlarda asosan ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr ta’minoti, ichimlik suvi, suyultirilgan gaz yetkazib berish, bog‘cha va ko‘priklar qurish, bank kreditlari va tomorqa ajratish kabi dolzarb masalalar kun tartibiga qo‘yildi.

Muloqotlar davomidagi murojaatlar asosida Denov tumanining Namuna mahallasidagi ichimlik suv minorasi, “Chim” mahallasida esa ichki yo‘llar ta’mirlanadigan, eskirgan simyog‘ochlar yangi beton ustunlarga almashtiriladigan bo‘ldi. Mengali Oripovning murojaati asosida esa shu yil oxiriga qadar “Qovunlisoy” mahalla fuqarolar yig‘inida yangi tashkil qilingan qishloqqa transformator o‘rnatilib, elektr tarmog‘i tortiladigan, ichimlik suv minorasi qurib beriladigan bo‘ldi.

Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi Oltinsoy va Denov tumanlarida tashkil qilgan ommaviy qabullarda 228 ta masala bo‘yicha murojaatlar ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, ularning qariyb 120 tasiga joyida yechim topildi. Qolgan murojaatlarni hal qilish bo‘yicha aniq muddat va mas’ullar belgilanib, nazoratga olindi.

18.11.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar