Davlatimiz rahbarining joriy yil iyun oyida Toshkent shahar Olmazor tumaniga tashrifidan so‘ng tumandagi har bir mahalla, xonadon ahlida ko‘tarinki kayfiyat, bunyodkorlikka ishtiyoq, mamlakatdagi islohotlar, o‘zgarishlarga daxldorlik hissi paydo bo‘ldi.
Tumandagi “Ibrohim ota” mahallasi ham bunyodkorlik, qurilish maydoniga aylangan. Mahallaga borganimizda yangi qurilayotgan ikki qavatli uylarni ko‘rdik, qurilish jarayoniga bosh-qosh tuman va mahalla faollari bilan suhbatlashdik.
Samig‘jon Hikmatov, Olmazor tuman Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi raisi o‘rinbosari:
– Mahallamiz kundan-kunga chiroy ochmoqda. Bundan barchamiz xursandmiz. Bu o‘zgarishlar o‘z-o‘zidan bo‘lmadi, albatta. Prezidentimiz tashabbusi bilan 4 sektordagi ikkitadan mahallada “Obod mahalla” dasturi bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi. “Ibrohim ota” mahallasida ham mustaqillik arafasida 6 ta ko‘p qavatli uy qurilib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Mana shu uylardagi 30 ta xonadon imkoniyati cheklangan, nogiron, sharoiti og‘ir oilalarga bepul beriladi. Nasib qilsa, ular eng ulug‘, eng aziz bayramimizni yangi uylarda kutib oladi.
Yangilangan, qaytadan bunyod etilgan mahalla guzari binosiga kirgach “Yoshlar mehnat guzari” majmuasidagi yoshlarga ko‘zimiz tushdi. Guzar mahalladagi tadbirkorlar tomonidan homiylik asosida qurilgan. Sartaroshxona, tikuvchilik, rassomlik, to‘quvchilik, kompyuter va til o‘rganish xonalarida nafaqat mahalla yoshlari, qo‘shni mahallalar farzandlari ham kasb-hunar, ilm o‘rganmoqda.
Farog‘at Mahmudova, “Ibrohim ota” MFY mutaxassisi:
– Mahallamiz aholisi muammolarini o‘rganib chiqdik va tuman hokimiyati, boshqa idoralar bilan hamkorlikda uysizlarga uy, bemorlarga tibbiy jihozlar, aravachalar, dori-darmonlar, qariyalarga esa dam olish maskanlariga yo‘llanma kabi xayrli ishlarni imkon darajasida bajaryapmiz. Ayniqsa, uy-joyga ehtiyojmand oilalarning ahvoli o‘rganilib, uy bilan ta’minlanayotgani ayollarimiz quvonchiga quvonch qo‘shmoqda. Nazarimda, eng katta o‘zgarish insonlarning ongu tafakkurida sezilmoqda. Ular Prezidentimiz boshlab bergan xayrli ishlardan zo‘r madad, ilhom olib, o‘zlari ham yurt, mahalla manfaati uchun xayrli ishlar qilishga kirishmoqda.
I.Ahatova, O‘zA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |