2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Har bir murojaat ortida inson bor

Javobsiz savol, yechimi bo‘lmagan muammoning o‘zi yo‘q. Faqat ularning ich-ichiga kirib o‘rganish, amalda hal qilish choralarini topish kifoya.

Zero, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak.

Poytaxtimizning Sergeli va Yangi hayot tumanlari aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Toshkent shahar Xalq qabulxonasi tashabbusi bilan tashkil etildi.

Muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari A.Usmonov, tuman sektor rahbarlari, Toshkent shahar va tumanlar korxona, tashkilot, muassasa va huquqni muhofaza qiluvchi organlari vakillari ishtirok etdi.  

Sayyor qabulda aholining murojaatlari atroflicha o‘rganildi.

– Koronavirus pandemiyasi ko‘plab davlatlar qatori mamlakatimizni ham chetlab o‘tmadi. Shunday bo‘lsada, aholi bilan muloqotlar, murojaatlar bilan ishlash to‘xtab qolgani yo‘q. Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda o‘tayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda. Tan olish kerak, bundan 4-5 yil oldin bunday tizim yo‘q edi. Hatto tuman hokimining oldiga qirish qanchalik muammo edi. Hozir har bir rahbar kerak bo‘lsa, xalq orasiga kiryapti, xalq bilan muloqot qilyapti, – dedi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari A.Usmonov.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgacha tashkil etilgan Xalq qabulxonalari hamda Virtual qabulxonalarga 4 million 800 dan ziyod murojaat kelib tushgan. Bu esa har bir murojaatning orqasida qandaydir muammo borligini ko‘rsatadi. Oldin ham bunday muammolar bo‘lgan, albatta. Lekin ilgari muammolarni hech kim tan olmasdi, hal qilishga harakat ham qilmasdi.

Fuqarolar tomonidan asosan uy-joy va moddiy yordam, ish bilan ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, sud qarorlari, ichki ishlar organlari faoliyati, yo‘llarni ta’mirlash, gaz va elektr ta’minoti, uy-joy, kommunal xizmat, sog‘liqni saqlash, ta’lim, tijorat banklariga oid va boshqa masalalarda murojaat kelib tushdi.

Ayniqsa, uy-joy masalasida murojaat qilgan fuqarolar ko‘pchilikni tashkil qildi. Shunday fuqarolardan biri Ra’no Mushabilova ikki nafar farzandi bilan ikki yildan buyon ijarada yashab kelmoqda.

– Boquvchisini yo‘qotgan beva ayolman, ikki nafar farzandim bilan ijarada yashab, juda qiynalib qoldim, – deydi Ra’no opa. –2018 yil Sergeli tumanidagi arzon uy-joylardan olish uchun ariza topshirgandik. Ikki yildan buyon navbatda turibmiz. Uy-joy masalasida hokimga murojaat qildim. Hozirgi kunda arzon uy-joylar qurilmayotgani sababli subsidiya orqali uy olish bo‘yicha tavsiya berildi. Bugundan harakatni boshlayman.

Bolasini maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirolmay sarson yurgan Madina Ahmadjonovaning murojaati ijobiy yechim topdi.

– Farzandimni tumandagi 18-MTTga berish bo‘yicha navbatga yozilgan edi, – deydi M.Ahmadjonova. – Lekin u yerda navbat ko‘pligi sababli boshqa bog‘chaga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Navbatga yozildim, ishim hal bo‘ldi.  

Ittifoq mahallasida yashovchi Barno G‘oipova kommunal sohadagi muammolar yuzasidan murojaat qildi.

– Avvalo shuni aytish kerakki, aholini tinglash, fuqarolarning murojaatlariga yechim topish, dardu-tashvishini eshitish har bir rahbarning kundalik ishi bo‘lib qoldi, – dedi Barno opa. – Bu uchun ulardan minnatdormiz. Bizning mahallamizdagi bazi kamchiliklar yuzasidan soha mutasaddilariga murojaat qildim. Xususan, uylarimizdagi isitish tizimi talab darajasida emas. Shu bilan birga yo‘laklarga kirish joyi muzlagani sababli yoshi katta fuqarolar kirish-chiqishga qiynalayapti. Liftlarimiz ta’mirtalab ahvolga kelgan. 40 yildan buyon almashtirilmaganda. Shu bilan birga, ko‘p qavatli uylar atrofiga chiroqlar o‘rnatish kerak. Kechqurun bo‘ldi deguncha qorong‘uligidan ko‘chaga chiqishga qo‘rqasan kishi. Ushbu muammolar yuzasidan tuman mutasaddilari borib o‘rganish o‘tkazishini va muammolarni tezda bartaraf etishini aytdi. Liftimiz keyingi yilda almashtiriladigan bo‘ldi. Xalq bilan muloqot, ularning dardu tashvishi bilan yashash eng asosiy maqsad bo‘lib, uning ro‘yobi yurtimiz ravnaqiga, uning yanada gullab-yashnashiga, fuqarolarning tinch, osuda, farovon hayot kechirishini ta’minlashga xizmat qilib kelmoqda.

Sayyor qabullar poytaxtimizning boshqa tumanlarida ham bo‘lib o‘tmoqda.

24.11.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar