O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Xalq qabulxonasi tashabbusi bilan Xo‘jayli tumanida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Tadbirda sektorlar, vazirliklar, korxona, tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Dastlab, yoshlarning qiynayotgan muammolar bo‘yicha fikr-mulohazalari tinglanib, ularga yechim topish borasida tegishli vazifalar berildi. “Temir daftar“, “Yoshlar daftar“ lariga ro‘yxatga olingan fuqarolarga subsidiya asosida issiqxonalar ajratib berilishi qator yoshlar muntazam ish bilan bandligi ta’minlandi.
Qabulda murojaatlarning aksariyati bandlik, kredit ajratish, yo‘l qurilishi va kommunal sohalar bo‘yicha bo‘ldi.
Jumladan, shu kuni jismoniy va yuridik shaxslardan jami 41 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 15 tasi joyida ijobiy yechimini topdi, 5 ta murojaat egasiga huquqiy tushuncha berildi. Shuningdek, 21 murojaat bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriq berilib, uning ijrosi Xalq qabulxonasi tomonidan nazoratga olindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Xalq qabulxonasi tomonidan belgilangan reja asosida sayyor qabullar davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |