Usta kulollar yurti Rishton tumanida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi asosida ko‘plar loyihalar hayotga tatbiq etilyapti.
Tuman markazi bugun butunlay yangilanib, ko‘rkam qiyofa kasb etmoqda. Ayni kunlarda tadbirkorlar tomonidan yangi biznes g‘oyalari ishlab chiqilyapti.
Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Xayrullo Bozorov sun’iy tola, ya’ni pardalik matolar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Fayz akro tekstil” O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasida bo‘ldi. Bu yerda amalga oshirilayotgan loyiha bilan tanishdi.
— Faoliyatimiz bir necha yildan buyon to‘xtatilgan edi, — deydi korxona rahbari Sirojiddin Alixo‘jayev.— Viloyat hokimi tomonidan holat o‘rganilib, noto‘g‘ri qo‘llanilgan soliqlardan ozod bo‘ldik. Birinchi loyihada 200 nafar odam ish bilan ta’minlanadi. Ikkinchi loyihada esa bu ko‘rsatkichni 500 nafarga yetkazishni rejalashtirganmiz.
Viloyat rahbari tomonidan korxona faoliyatini tez kunda qayta yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
"M.Topivoldiyev" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Nurafshon” mavzesi ulkan bunyodkorlik maydoniga aylangan. Bu yerda 10 ta 5 qavatli 250 xonadondan iborat uy-joylar qurilishi boshlab yuborilgan. Hozirda 55 nafar fuqaro yangi qurilayotgan xonadondan xarid qilish istagini bildirgan.
-“Nurafshon” mavzesi barcha qulayliklarga ega shaharcha bo‘ladi,-dedi viloyat rahbari quruvchilar bilan bo‘lgan suhbatda.
Viloyat rahbari Rishton tumanida bo‘lganida “Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘inida kulolchilik kichik sanoat zonasini kengaytirish hamda u yerda chinni buyumlari ishlab chiqarish klasterini tashkil etish taklifi berilgandi. 20 gektar maydonda barpo etilishi rejalashtirilgan yangi loyihalar ustida amaliy ish olib borilmaganligi tanqid qilindi va tuman sektor rahbarlariga qat’iy topshiriq va vazifalar berdi.
Tuman yoshlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda viloyat rahbari yigit-qizlarning takliflari, muammolarini tingladi.
Azizbu Foriqova tikuvchilik sexi ochib, 25 nafar qizlarni ish bilan ta’minlagan.Uchrashuvda u yana 10 ta ish o‘rni yaratish maqsadida ekanligini bildirdi. Viloyat rahbari ish o‘rni yarataman degan yosh tadbirkorga qo‘shimcha bino berilishini aytdi.
“Hokim va yoshlar” uchrashuvida yoshlar tomonidan tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun kredit, fermer xo‘jaligini tashkil etish bo‘yicha yer ajratish, ishga joylashtirish, tuman markazida “Yoshlar markazi”ni ochish va boshqa masalalardagi murojaatlari ijobiy hal etildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |