Стратегия действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан в 2017-2021 годы
Farg‘ona aholisi qanday muammolar bilan murojaat qilmoqda?

Bugun joylarda faoliyati tashkil etilgan Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan aholining, shu jumladan, xotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy himoyasini kuchaytirish, ular bilan yaqindan muloqot o‘rnatish, xalq ichiga kirib borish, ularning muammolarini tinglash va tegishli yechimini topish yo‘lga qo‘yildi.

Marg‘ilonning «Zuhro» mahalla fuqarolar yig‘ini asosan ko‘pqavatli uylardan iborat. Prezident Xalq qabulxonasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan viloyat hokimi sayyor qabuli davomida tushgan murojaatlar asosida shu yerdagi 8 ta ko‘pqavatli uylarning tom qismi ta’mirlandi. Fasadlar yangilandi. Kirish yo‘laklari ta’mirlanib, fromogalar yangilandi. Ayniqsa, uylar atrofidagi noqonuniy qurilmalar olib tashlanib, obodonchilik ishlari tashkil qilindi. Bugun uylar xovlisiga fayz kirdi. Bolalar o‘yingohlari qurib berildi. Avtoturargoh maydonigacha asfaltlandi.

«Nadirmat» MFY Marg‘ilonning eng ko‘hna aholi yig‘inlaridan sanaladi. «Maktab» ko‘chasi bo‘ylab shu kunlarda toza ichimlik suvi tortish ishlari yakunlanmoqda. Chirib bitgan ichimlik suvi tarmog‘i yangilanmoqda. Buning uchun 3 ming metr tarmoq tortildi.

Mahallaning qo‘shni ko‘chasida esa elektr ta’minoti yaxshilanmoqda. Temirbeton tayanchlar o‘rnatilib, havo liniyalari tortilmoqda. Albatta, bu ishlardan mahalla ahli mamnun!

Toshloq tumani bo‘yicha ham aholi vakillarining Xalq qabulxonasiga qilgan murojaatlari muntazam tarzda hal etib borilmoqda. Bunga hayotiy misollar ham ko‘p. Aytaylik, «Zarkent» qishlog‘idagi qo‘lbola elektr tayanchlari olib tashlanib, ular o‘rnida temirbeton tayanchlar o‘rnatildi hamda havo tarmoqlari tortilib, xonadonlar qaytadan tarmoqqa ulanmoqda.

Tumandagi «Sadda» mahalasida esa ichimlik suvi tarmog‘i chirib bitgandi. Endi bu aholi o‘ramida ham yangidan tarmoq tortilmoqda.

«Qo‘rg‘oncha» MFYda yashovchi aholi vakillari Xalq qabulxonasiga qabristonga boshlovchi yo‘llarning tashlandiq ahvolga kelib qolganidan, uning hududi qarovsiz ahvolda qolib ketganidan norozi bo‘lib murojaat qilgandilar. Qisqa fursatda mahalliy hokimlik, sektor ishchi guruhi tomonidan o‘rganishlar olib borildi. Kuchlar safarbar etilib, qabriston hududidagi eski imoratlar olib tashlanib, obodonlashtirildi.

«Tojik» qishlog‘ida esa boshlang‘ich sinf bolalari uchun 120 o‘rinli maktab qurilishi va foydalanishga topshirilishida ham Xalq qabulxonasiga bo‘lgan murojaat muhim ahamiyat kasb etdi.

Bugun joylardagi Xalq qabulxonalari tomonidan «temir daftar» yoki ayollar hamda yoshlar daftarida ro‘yxatga olingan insonlarni qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, ularning bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Toshloq tumanida bu yo‘nalishda ham natijador ishlar ko‘lami kengaymoqda. Ellik gektarlik maydonda issiqxonalar majmuasi barpo etishga kirishilgan. Mahalliy yoshlar bu yerda bir yoki ikki gektar hisobida yer maydonlariga ega bo‘lib, ularda qurilish ishlarini yakunlayotgan bo‘lsalar, tez kunlarda ikki-uch sotixdan iborat issiqxona uchastkalari aynan «temir daftar»da ro‘yxatda turgan ishga layoqatli aholi vakillariga beriladi.

Quva tumanida mahalliy tadbirkor ayni kunlarda atirgul ko‘chatlarini eksport qilishga tayyorlamoqda. Tumanning eng chekka hududi sanalgan «Soyguzar» qishlog‘ida ikkinchi sektor ko‘magida kooperatsiya tashkil qilindi. Tadbirkor yigit kooperatsiya rahbari tariqasida qishloqdagi ishsiz aholi vakillarini ishga qabul qildi. Endi kechagina ishsiz o‘tirgan insonlar ish bilan bandlar. Aytishlaricha, yana sektor ko‘magida kooperatsiyaga 7 gektar yer maydoni ajratildi. Aholi bandligini ta’minlash bo‘limi tomonidan bahorda gul ko‘chatlarini ekish uchun «temir daftar»da ro‘yxatga olingan shaxslarga 131 mln so‘m miqdorida davlat subsidiyalari ajratilmoqda.

Quva tumanida yangi tikuvchilik korxonasi ham kuni kecha ish boshladi. Tikuvchi xotin-qizlarning aksariyati «Begat» qishlog‘idan qatnaydi. Ular safida 18 nafar ayol «temir daftar»ga kiritilgan bo‘lib, ish so‘rab qilgan murojaatlari asosida ishli-joyli bo‘lganlar.

Aslida ijtimoiy himoyaning eng muhim qismi – aholi bandligini ta’minlash bilan bog‘liq. Oltiariqning «Kapcho‘gay» massivi adirlik bo‘ylarida kichik sanoat zonasi tashkil etish, unda mahalliy tadbirkorlar uchun yer maydonlari ajratish masalasi ham sayyor qabullar davomida ko‘tarilgan edi. Ayni kunlarda kichik sanoat zonasida 20 ta loyiha tayyorlanmoqda. Ularga ko‘ra, 10 sotixdan yer maydoni murojaat bilan chiqqan talabgor tadbirkorlarga berilib, kichik ishlab chiqarishlar, shuning barobarida yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Ma’lum bir mahalla yoki ko‘chaning aholisi talablari ham shu tartibda hal etilmoqda. Masalan, “Poloson” qishlog‘ining “Buloqboshi” mahallasida TP o‘rnatildi. Manzilli dasturlar asosida hamda ma’lum muddat talab etadigan loyihalar ham yuzaga chiqarilmoqdaki, buni tumanning eng chekka qishlog‘i – «Azimobod»da qurib bitkazilgan suv inshooti tasdiqlaydi. Mazkur qishloq aholisi ham toza ichimlik suvi tizimi qishloqda izdan chiqqani haqida Prezident Xalq qabulxonasiga murojaat qilgan. Davlat byudjetidan ajratilgan 3 mlrd so‘m mablag‘ evaziga zamonaviy suv inshooti qurib bitkazildi. Natijada qishloqning 600 dan ziyod xonadoniga toza ichimlik suvi kirdi.

Oltiariqning “Yangi turmush” MFYsi to‘rtinchi sektor hududida joylashgan. Mahallada 17 km uzunlikdagi 6 ta ichki yo‘l mavjud bo‘lsa, ularning yarmida ahvol achinarli darajada edi. Murojaat orqali bu kamchilikni bartaraf etishga kirishildi hamda 153 ta xonadondan iborat “Bog‘i eram” ko‘chasini shag‘allashtirish ishlari ham boshlab yuborildi.

Aholi tomonidan Prezident Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlarni sektor rahbarlari bilan hamkorligida bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.

15.12.2020

Решенные обращения

Тип классификации обращенияСпособ направленияДата принятияДата рассмотренияРегион
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 Май 202418 Сентябрь 2024Навоийская область
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Ноябрь 202327 Февраль 2024Ташкентская область
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Февраль 202420 Февраль 2024Джизакская область
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Февраль 202427 Февраль 2024Сурхандарьинская область
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Апрель 20242 Май 2024Ташкентская область

полезные ресурсы