Стратегия действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан в 2017-2021 годы
Uchrashuvda yoshlarning aksariyat muammolariga yechim topildi

Navoiy viloyati Uchquduq tumani markazidagi “Kelajak” yoshlar markazida Prezidentimizning 2021 yil 21 apreldagi “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

“Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” munosabati bilan tashkil etilgan uchrashuvda viloyat prokurori o‘rinbosari Doniyor Rahmatullayev, tuman hokimi Soli Hamroyev, Shimoliy kon boshqarmasi direktori Yarkin Shakarov, sektor rahbarlari, viloyat va tuman korxona, tashkilot rahbarlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar ishtirok etdi.

Ushbu qarorga ko‘ra, mamlakatimizda 77 ta Yoshlar sanoat zonasi – 2021 yil 1 sentyabrgacha, qolgan barcha Yoshlar sanoat zonalari – 2022 yil 1 yanvargacha to‘liq ishga tushirilishi belgilangan.

Jumladan, Uchquduq tumanida ham joriy yil sentyabr oyiga qadar Yoshlar sanoat zonasi barpo etilib, byudjet mablag‘lari hisobidan 5 milliard so‘m evaziga yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlanadi.

Yuzma-yuz, ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, ko‘tarilgan masalalarning 70 foizi joyida hal qilindi. Yoshlar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning 20 foizi o‘rganish uchun vaqt va mablag‘ talab qilganligi sababli, “yo‘l xaritasi” tuzilib, aniq ijro muddati belgilandi. Ko‘tarilgan masala yuzasidan murojaatchilarning 10 foiziga tegishli huquqiy maslahatlar berildi.

– Uchrashuvda Simbat Isayeva faoliyati tugatilgan kasb-hunar kollejidagi o‘qishini davom ettirish, Sanoat texnikumi 1-kurs talabalari Lochinbek Jandullayev, Doston Xolboyev, Xurshid Ortiqov, G‘iyos Ro‘ziqulov ham o‘qib, ham biror-bir faoliyat turi bilan shug‘ullanishi uchun amaliy ko‘mak so‘radi, – deydi tuman hokimligi matbuot xizmati rahbari Rayhon Qodirova. – Ularga kredit olish, qiziqqan sohalarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi yuzasidan tushuntirishlar, huquqiy maslahatlar berildi. Shuningdek, Altin Albatirova, To‘ymurod Ortiqov, Aziz Niyozov, Oysulu Sattorovaning ish masalasida qilgan murojaatlari vaqt talab etiladigan bo‘lgani uchun mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Ushbu fuqarolar murojaatlari ijrosi nazoratga olindi. Sunnatillo Usmonov, Dilso‘z Kenjayevaning bandlik masalasida qilgan murojaati esa joyida hal etildi.

Bundan tashqari, tikuvchilik sexi rahbari Farhod Adizovning sex faoliyatini kengaytirish maqsadida kredit so‘rab qilgan murojaati ham o‘z yechimini topdi.

Yana bir murojaat egasi – Uchquduq sanoat texnikumi talabasi Sardor Omonov Xatirchi tumanidagi “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turadi. “Berilayotgan imtiyozlardan qay tariqa foydalanishim mumkin”, deya qilgan murojaati yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Uning murojaati viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olinib, Xatirchi tumani hokimligi, Xatirchi tumani prokuraturasiga yuboriladigan bo‘ldi.

Uchrashuvda uchquduqlik yoshlar muammolardan tashqari, o‘z taklif va mulahazalarini ham o‘rtaga tashladi.

– Joriy yilning fevral oyida viloyat prokurorining uchquduqlik yoshlar bilan o‘tkazgan uchrashuvida yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ijod namunalarini to‘plam shaklida bosmadan chiqarish taklifi ilgari surilgandi, – deydi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 11-sinf o‘quvchisi Barshin Uteuliyeva. – Mana oradan qariyb ikki oy o‘tib, “Jыrlarim, sыrlarim” nomli ilk she’riy to‘plamim nashr ettirildi. Bu menga yanada ilhom bag‘ishlab, yangi-yangi she’rlar yozishimga turtki bo‘ladi.

Bir so‘z bilan aytganda, bu kabi uchrashuvlar yoshlar muammolarini hal etibgina qolmay, ularning o‘zaro fikr almashishi, kelajak rejalari bilan o‘rtoqlashishi, huquqiy maslahatlar olishlariga qaratilgani bilan ham ahamiyalidir.

26.04.2021

Решенные обращения

Тип классификации обращенияСпособ направленияДата принятияДата рассмотренияРегион
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 Май 202418 Сентябрь 2024Навоийская область
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Ноябрь 202327 Февраль 2024Ташкентская область
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Февраль 202420 Февраль 2024Джизакская область
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Февраль 202427 Февраль 2024Сурхандарьинская область
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Апрель 20242 Май 2024Ташкентская область

полезные ресурсы