O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, Bosh prokuratura hamda Ichki ishlar vazirligining mas’ul mutasaddilari ishtirokida Andijon viloyatida sud-huquq masalalari bo‘yicha tashkil etilgan ommaviy qabullarda ko‘plab fuqarolarning muammolari ijobiy yechim topdi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Yahyojon Abdulhakov tomonidan Andijon, Asaka va Oltinko‘l tumanlarida o‘tkazilgan sayyor qabullar davomida 100 nafarga yaqin fuqaroning murojaatlari eshitildi. Sayyor qabullarda fuqarolardan surishtiruv va tergov, ID karta olish, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari ozod qilish, suyultirilgan gaz balloni, moddiy yordam olish, issiqxona qurish uchun subsidiya ajratilishi, ishga joylashish, to‘lov kontraktini to‘lab berish, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida pasport olish va shu kabi boshqa masalalarga oid murojaatlarning 59 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan 28 ta murojaat o‘rganish va ko‘rib chiqish uchun mutasaddi idoralar mas’ullariga taqdim etilib, ijrosi nazoratga olindi.
Shuningdek, sayyor qabullar davomida bir guruh shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi pasporti, ko‘plab yoshlarga esa ID kartalari tantanali ravishda topshirildi. Sayyor qabullarda fuqarolarning huquqiy bilim va savodxonligini oshirish yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi.
Тип классификации обращения | Способ направления | Дата принятия | Дата рассмотрения | Регион |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 Май 2024 | 18 Сентябрь 2024 | Навоийская область |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Ноябрь 2023 | 27 Февраль 2024 | Ташкентская область |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Февраль 2024 | 20 Февраль 2024 | Джизакская область |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Февраль 2024 | 27 Февраль 2024 | Сурхандарьинская область |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Апрель 2024 | 2 Май 2024 | Ташкентская область |