Gap shundaki, yozgi ta’tilda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Sirdaryo viloyati ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati o‘qituvchilari Odiljon Ahmedov, G‘anisher Normatov va Tohir Rahmonberdiev Guliston shahridagi “Obod yurt” mahallasidagi bino devoriga birgalikda “Sardoba” asarini chizib berdilar.
Va bu qadimda Mirzacho‘l orqali o‘tgan karvon yo‘lidagi, Sardoba tumani hududida hozirgacha saqlanib qolgan tarixiy yodgorlikni aks ettiruvchi mahobatli asar yosh musavvirlarning mazkur mahallada amalga oshirilgan “Obod mahalla” dasturi ijrosiga qo‘shgan munosib sovg‘asi bo‘ldi.
“Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturi asosida hududlarning chiroy ochayotganligi biz ijodkorlarga ham ilhom baxsh etmoqda. Ayni chog‘da ushbu zavqlanish bizda bu xayrli ishga o‘zimizning beminnat hissamizni qo‘shish istagini ham paydo qildi. Guliston shahridagi “Obod yurt” mahallasining qoq markazida yaratgan asarimiz ana shu niyatimizning ijobati bo‘ldi. Biz chizgan surat ro‘parasiga rasm mazmuniga juda hamohang tarzda favvora qurildi. Natijada odamlarda o‘tmishdagi suv ehtiyoji yo‘lidagi mashaqqat va bu boradagi hozirgi qulay sharoit haqida tasavvur uyg‘otadigan manzara yuzaga keldi" , - deydi Odiljon Ahmedov.
Binobarin, “Obod mahalla” dasturi ijrosi doirasida mazkur mahallada keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirildi. Hududning avvalgi abgor ahvoli o‘rnida pokiza, saranjom–sarishta, obod va ko‘rkam, yo‘llari ravon, daraxt va gullarga burkangan so‘lim xiyobon, havas qilsa arzigulik bir go‘sha paydo bo‘ldi.
Тип классификации обращения | Способ направления | Дата принятия | Дата рассмотрения | Регион |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 Май 2024 | 18 Сентябрь 2024 | Навоийская область |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Ноябрь 2023 | 27 Февраль 2024 | Ташкентская область |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Февраль 2024 | 20 Февраль 2024 | Джизакская область |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Февраль 2024 | 27 Февраль 2024 | Сурхандарьинская область |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Апрель 2024 | 2 Май 2024 | Ташкентская область |