Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani “Chimyon” mahallasida shahar kengashi deputati Naima Jabbarova bilan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabulda yigirma nafardan ortiq fuqarolarning murojaati eshitildi. Kimdir sog‘ligi, kimdir pensiya va nafaqa ta’minoti bo‘yicha murojaat qildi. Kommunal xizmatlardan norozilik bildirganlar ham bo‘ldi.
Ayrim masalalar joyida hal qilinib, huquqiy maslahatlar berildi va yo‘l-yo‘riq ko‘rsatildi. Qabulda to‘rtta masala bo‘yicha deputatlik so‘rovi chiqarish belgilab olindi.
Jumladan, 83 yoshli onaxon ish staji “arxivda yo‘q”, degan vaj bilan noto‘g‘ri hisob-kitob qilgani uchun arzimagan miqdorda pensiya olayotganidan shikoyat qildi. Bu bo‘yicha tuman pensiya jamg‘armasiga so‘rov chiqarib, fuqarolik sudiga da’vo arizasi kiritiladi va shu orqali onaxonning pensiyasi qaytadan hisob-kitob qilinadi.
Shuningdek, aholi 209-sonli maktabda pandemiya sabab to‘xtab qolgan yozgi oromgohni qayta tashkil qilish bo‘yicha murojaat qildi. Bu bo‘yicha tuman xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘iga so‘rov chiqariladi.
Mahallaga yangi transformator o‘rnatilgan edi. Lekin uning atrofi hanuz to‘silmagan. Kamiga transformator o‘rnatish chog‘ida o‘yib tashlangan asfalt shu holicha tashlab ketilgan. Bu masalada tuman elektr ta’minoti rahbariga so‘rov jo‘natiladi.
Yana bir fuqaro nogironlik aravachasiga muhtoj. Bu masalada ijtimoiy ta’minot bo‘limini bezovta qilishga to‘g‘ri keladi.
- Albatta so‘rov chiqarish bilan ish bitmaydi. Uning ijrosini nazorat qilib, bajarilmagunicha mas’ullarning holi-joniga qo‘ymaymiz. Chunki hamon bugungi mas’uliyatni his qilmay, “tepsa-tebranmas”lar bor oramizda, - deydi deputat Jahongir Ziyayev.
Тип классификации обращения | Способ направления | Дата принятия | Дата рассмотрения | Регион |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 Май 2024 | 18 Сентябрь 2024 | Навоийская область |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Ноябрь 2023 | 27 Февраль 2024 | Ташкентская область |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Февраль 2024 | 20 Февраль 2024 | Джизакская область |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Февраль 2024 | 27 Февраль 2024 | Сурхандарьинская область |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Апрель 2024 | 2 Май 2024 | Ташкентская область |