O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimlari boshchiligidagi ishchi guruhning Andijon shahri, Asaka va Buloqboshi tumanlaridagi ommaviy qabullari amaliy ishlarga boy bo‘ldi. Muloqotlar davomida 20 dan ziyod vazirlik va idora rahbarlari murojaatchilar bilan yuzma-yuz o‘tirib, har bir masalani hududiy mas’ullar bilan birga muhokama qildi.
Misol uchun, Asaka tumani “Fayz” mahallasiga aholi ko‘chib chiqqaniga salkam 70 yil bo‘lyapti. Ammo shuncha paytdan beri ular ichimlik suvini qo‘shni mahalladan tashib ichishgan. Qabulda Prezident Xalq qabulxonasi vakillariga yo‘llangan murojaat bois bugun “Fayz” mahallasiga fayz kirmoqda: 2,7 kilometr suv tarmog‘i tortilishi bilan mahallaning 70 yillik muammosi hal qilinmoqda.
Buloqboshi tumanidan kelgan Odinaxon Soliyeva yangi suv qudug‘i qazib berish yuzasidan murojaat qildi. Ushbu xayrli tashabbus natijasida tumandagi “Zarg‘aldoq” MFY "Novvoq" ko‘chasida istiqomat qiluvchi 165 ta xonadon yashnadi. 25 yildan beri qo‘shni mahalladan ichimlik suvi tashib keladigan aholining mushkuli aridi.
Xuddi shunday murojaat asosida Andijon tumanining “Besh bo‘ynoq” mahallasiga ham 3 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i tortilmoqda. Bu bilan “Besh bo‘ynoq”dagi 210 ta xonadonga obihayot kirib boradi.
Oltinko‘l tumani “Akramobod”, “O‘rtaqaychi” mahallalari aholisi esa tomorqalaridan ko‘ngildagidek hosil olisholmayotgan edi. Sababi sizot suvlari sathi ko‘tarilgan, sho‘rlanish darajasi oshgan edi. Murojaatlar asosida 1,5 kilometr zovur tozalanishi bilan yerosti suvlari sathi 2 metrgacha pasayadi.
Saidakbar Zokirov esa Andijon shahrida mavsumiy ish bilan shug‘ullanishini aytib, 5 nafar farzandni voyaga yetkazish-u ro‘zg‘orini butlash uchun katta magistral yoqasidagi bekatda savdo do‘koni tashkil etishda yordam so‘radi. Mas’ullar bu masalada unga amaliy ko‘mak ko‘rsatadigan bo‘ldi. Shu bilan birga, bu inson Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining viloyat boshqarmasi tizimiga ishga qabul qilindi.
Shu singari murojaatlardan so‘ng subsidiya asosida bo‘stonlik 34 yoshli Mavsuma Ro‘zimatova kabi bir qator xotin-qizlarga zamonaviy tikuv mashinalari topshirilgan bo‘lsa, Bo‘stonlik Ominaxon Jalolova va ulug‘norlik Shahnozaxon Do‘stmatova xonadonlariga ixcham issiqxonalar qurib berildi.
Fuqarolar huquqlarini himoya qilish asnosida ham qator murojaatchilar bandligi ta’minlandi. Aytaylik, Oltinko‘l tumanidagi maktabgacha ta’lim tizimida ishlagan Matluba Qo‘chqorboyeva bola parvarishi ta’tilidan so‘ng ish joyiga tiklanmay sarson yurgan ekan. Garchi bu orada maktabgacha ta’lim tizimi bo‘yicha kasb-hunar kollejini ham bitirgan bo‘lsa-da, bolalar bog‘chasiga ishga olinmagan ekan. Bosh prokuratura mas’ullariga murojaatidan so‘ng bu ayol Oltinko‘l tumanidagi 21-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ish boshlaydigan bo‘ldi.
Davlatimiz rahbari topshirig‘i asosida tuzilgan Respublika ishchi guruhining ommaviy qabullarida 1533 ta masala ko‘rib chiqilib, ularning 694 tasi joyida hal qilindi. 170 nafar murojaatchiga huquqiy maslahat va tushuntirish berilgan bo‘lsa, 566 ta murojaatni hal qilish bo‘yicha aniq muddat va mas’ullar belgilanib, nazoratga olindi.
Тип классификации обращения | Способ направления | Дата принятия | Дата рассмотрения | Регион |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 Май 2024 | 18 Сентябрь 2024 | Навоийская область |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Ноябрь 2023 | 27 Февраль 2024 | Ташкентская область |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Февраль 2024 | 20 Февраль 2024 | Джизакская область |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Февраль 2024 | 27 Февраль 2024 | Сурхандарьинская область |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Апрель 2024 | 2 Май 2024 | Ташкентская область |