Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Mahmudaliyev viloyatdagi mahallalar faoliyati bilan yaqindan tanishib, aholi muammolarini o‘rganmoqda.
Viloyat rahbari Guliston tumanining "Yulduz" mahallasida ham bo‘lib, bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Aholi bilan suhbatlashib, ularni qiynab kelayotgan muammo va kamchiliklarni eshitdi.
Hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, profilaktik tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Shuningdek, amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilandi.
Mahalladagi tikuvchilik sexi va aholi xonadonlaridan birida tashkil etilgan issiqxona ko‘zdan kechirildi.
"Iftixor" ko‘chasida yashovchi Abdusattor Qodirov 30 million so‘mlik imtiyozli kredit evaziga tomorqasida 2 sotixli issiqxona tashkil qilgan. Bu yerdan yiliga ikki marta hosil olinmoqda. Birinchi ekinda bulg‘or qalampiri yetishtirilgan bo‘lsa, ayni vaqtda sarimsoq piyoz parvarishlanmoqda.
Joriy yilning fevral oyida hududdagi tashlandiq bino o‘rnida loyiha qiymati 50 million so‘m bo‘lgan tikuvchilik sexi tashkil qilingan edi. Ayni kunda sexda 15 nafar xotin-qiz ish bilan band. Ularning asosiy qismini "Ayollar daftari" ro‘yxatida turgan xotin-qizlar tashkil qiladi.
Mas’ullarga ishlab chiqarishni yanada kengaytirishda amaliy yordam ko‘rsatish topshirig‘i berildi. Shu bilan birga aholi xonadonlarida yetishtirilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari sotuvini yo‘lga qo‘yish uchun katta yo‘l bo‘yida savdo rastalari tashkil qilishga kelishildi.
Тип классификации обращения | Способ направления | Дата принятия | Дата рассмотрения | Регион |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 Май 2024 | 18 Сентябрь 2024 | Навоийская область |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Ноябрь 2023 | 27 Февраль 2024 | Ташкентская область |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Февраль 2024 | 20 Февраль 2024 | Джизакская область |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Февраль 2024 | 27 Февраль 2024 | Сурхандарьинская область |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Апрель 2024 | 2 Май 2024 | Ташкентская область |