Bolalar, ayniqsa, ota-ona qaramog‘idan bebahra qolgan o‘g‘il-qizlarga mehr ko‘rsatish xalqimizga xos ezgu fazilat.
Bu borada keyingi yillarda milliy mentalitetimizga mos tarzda hayotbaxsh islohotlar amalga oshirilib, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari oilaviy bolalar uylariga o‘tkazildi.
Insoniylik, o‘zaro mehr-oqibat, tuyg‘ularini yanada mustahkamlash hamda targ‘ib etish maqsadida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat festivali” doirasida “Mehr-muruvvat va saxovat” loyihasi amalga oshirildi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, Milliy gvardiya Buxoro viloyati boshqarmasi, Shofirkon tumani hokimligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, tuman hokimligi Bolalarni himoya qilish sho‘basi mutasaddilari “Chandir” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 4-son oilaviy bolalar uyida bo‘ldi.
Bu yerda voyaga yetayotgan 3 nafar tarbiyalanuvchilar bilan dildan suhbatlashildi. Ularga esdalik sovg‘alari topshirildi. Shundan so‘ng, festival tashkilotchilari namunali oila bekasi, tuman Nogironlar jamiyati rahbari, “Eng matonatli tadbirkor ayol” mukofoti sohibasi Dilrabo Namozovaning xonadonida bo‘lib, uning holidan xabar oldi.
– Biz ayol kishining matonati, irodasi haqida ko‘plab filmlar ko‘ramiz, eshitganmiz yoxud o‘qiganmiz, ularni o‘zimizdan qandaydir uzoqda, olisroqda tasavvur qilamiz, – deydi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Shofirkon tuman bo‘linmasi rahbari Dilorom G‘afforova. – Ammo bundaylar juda yaqinimizda, balki oramizda ekanini ba’zan sezmay ham qolamiz. Hayotning baland-pastidan o‘tib kelayotgan bu ayol o‘zi aytganidek, qiyinchiliklarga taslim bo‘lmadi. Hunari ortidan orzu havaslari ro‘yobga chiqdi.
Samimiy ruhda kechgan suhbat chog‘ida mehmonlar D. Namozovaning faoliyati, amalga oshirgan ishlariga yuqori baho berishdi.
Тип классификации обращения | Способ направления | Дата принятия | Дата рассмотрения | Регион |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 Май 2024 | 18 Сентябрь 2024 | Навоийская область |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Ноябрь 2023 | 27 Февраль 2024 | Ташкентская область |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Февраль 2024 | 20 Февраль 2024 | Джизакская область |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Февраль 2024 | 27 Февраль 2024 | Сурхандарьинская область |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Апрель 2024 | 2 Май 2024 | Ташкентская область |