Davlatimiz rahbarining alohida topshirig‘i asosida tuzilgan Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini Toshkent viloyatining Angren, Chirchiq shaharlari hamda Bo‘ka tumanida davom ettirdi.
Ishchi guruh tomonidan aholi muammolari va hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni “mahallabay” o‘rganish yakunlari bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xarita”lar ijrosini tahlil etish, sektorlar tomonidan hududda amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilish hamda fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni tegishli vazirlik va idoralar ko‘magida hal etilishini ta’minlash yuzasidan ishlar tashkil etildi.
Xususan, ichki yo‘llarning jami 59 km. qismi ta’mirlandi. Shundan 8,5 km. yo‘lga shag‘al yotqizildi, 6,4 km. yo‘l betonlashtirildi, 41,1 km. yo‘l asfalt qilindi.
Aholiga qo‘shimcha 80,5 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. 264 ta gaz taqsimlash punktlari, 1 ming 763 ta aholi xonadonidagi gaz jihozlari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi, gaz tarmoqlariga 42 ta ustunlar o‘rnatilib, 3 km. gaz quvurlari ta’mirlandi.
Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 494 ta temir beton tayanchlar yangilandi, 4 ta transformator o‘rnatildi, 14,3 km. tarmoq tortildi. Ichimlik suvini yaxshilash borasida 52,7 km. ichimlik suvi tarmog‘i tortildi, 45 dona quduq va 36 dona gidrant qurish, ta’mirlash ishlari bajarildi.
Jami 59,3 km. uzunlikda optik tola aloqa tarmog‘i tortildi va 798 nafar xonadon internet xizmatiga ulandi.
Tijorat banklari tomonidan 3 ming 758 nafar fuqaro va tadbirkorlik sub’ektlariga 151,3 milliard so‘m miqdorida kreditlar ajratilishi ta’minlandi. Jumladan,“Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida 724 nafar fuqaroga 17,3 milliard so‘m imtiyozli kredit ajratildi.
Jami 973 nafar fuqaroning bandligiga ko‘maklashildi. Shundan, 465 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi, 148 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitildi, 360 nafar fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi.
Tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish maqsadida faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 100 nafar fuqaroga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan 531 million so‘mlik asbob-uskuna va mehnat qurollari subsidiya asosida olib berildi. Shuningdek, Chirchiq shahrida 63 nafar fuqaroga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘ladigan asbob-uskuna va mehnat qurollari xarid qilish jarayonida.
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan aprel oyida “Temir daftar” ro‘yxatidagi 614 nafar fuqaroga va ehtiyojmand oilalarga jami 1,5 milliard so‘mlik yordam ko‘rsatildi. Shundan, 417 nafar fuqaroga 738,2 million so‘m moddiy yordam ko‘rsatildi, 43 nafar fuqaroga uy-joy ta’mirida 119 million so‘mlik ko‘mak berildi.
“Ayollar daftari” ro‘yxatidagi 1 ming 980 nafar xotin-qizga 2 milliard so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatildi.
“Yoshlar daftari” ro‘yxatidagi 199 nafar fuqaroga 1 milliard so‘mlik yordam ko‘rsatildi. Shundan, 76 nafar fuqaroga 234,8 million so‘mlik kontrakt to‘lovi, 40 nafar fuqaroga 225,9 million so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatildi, 40 nafar fuqaroga mehnat qurollari olishga 231,8 million so‘mlik hamda safarbarlik chaqiruv rezervida harbiy xizmat uchun 43 nafar fuqaroga 387,3 million so‘mlik ko‘mak berildi.
Sektorlar tomonidan homiylarni jalb qilgan holda 995 nafar ehtiyojmand oilaga 1,1 mlrd. so‘mlik homiylik yordamlari ko‘rsatildi.
Chirchiq, Angren shaharlari va Bo‘ka tumanida aholi murojaatlariga asosan Respublika ishchi guruhi tomonidan 182 ta muammo (66 tasi qurilish va kommunal sohada, 33 ta moddiy yordamga oid, 32 tasi huquq-tartibot, 20 tasi bank, 20 ta pensiya ta’minoti, 11 ta bandlik) ijobiy hal etildi.
Ishchi guruh respublikamizning boshqa hududlarida o‘z faoliyatini davom ettiradi.
Тип классификации обращения | Способ направления | Дата принятия | Дата рассмотрения | Регион |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 Май 2024 | 18 Сентябрь 2024 | Навоийская область |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Ноябрь 2023 | 27 Февраль 2024 | Ташкентская область |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Февраль 2024 | 20 Февраль 2024 | Джизакская область |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Февраль 2024 | 27 Февраль 2024 | Сурхандарьинская область |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Апрель 2024 | 2 Май 2024 | Ташкентская область |