Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan keyingi yillarda mamlakatimizda xalq bilan muloqot, joylardagi muammolarni o‘rganish va ijobiy hal etish bo‘yicha o‘ziga xos tizim yaratildi.
Prezident virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonasi faoliyatining yo‘lga qo‘yilganligi juda ko‘p muammolarni hal etishga, odamlarning davlatdan roziligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Bu borada joylardagi Xalq qabulxonalari faoliyatini alohida e’tirof etish o‘rinli. Xususan, Izboskan tumani Xalq qabulxonasi tomonidan ham aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganish, hal etish, ularning ariza, shikoyat va murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarga ijobiy yechim topish borasida e’tiborga molik ishlar olib borilmoqda.
– Joriy yilning o‘tgan davrida tuman Xalq qabulxonasi tomonidan 850 dan ziyod murojaatlar ko‘rib chiqildi, – deydi Izboskan tumani Xalq qabulxonasi rahbari Oybek Meliboyev. – Murojaatlarning 820 tasi qanoatlantirildi. Umuman, murojaatlar asosidagi masalalarni to‘liq, o‘z vaqtida va qonuniy o‘rganish natijasida muammolarni ijobiy hal etish darajasi yil sayin ortmoqda.
Xususan, ushbu ko‘rsatkich 2021 yilda 55,6 foiz, 2022 yilda 59,1 foizni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilning o‘tgan davrida 80,1 foizga yetkazildi.
Darhaqiqat, hal etilgan har bir murojaat ortida nafaqat bir inson, balki ko‘plab insonlar, oilalar taqdiridagi, hayotidagi o‘zgarishlar mujassam.
Xalq qabulxonasiga tumandagi “O‘rta qishloq” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Husanboy Orifjonov murojaat qilib, Tentaksoy daryosi ustidagi Izboskan va Paxtaobod tumanlarini bog‘lab turuvchi, bir necha o‘n yillar avval qurilgan ko‘prik sel oqibatida buzilib ketganligi, uzoq yillar davomida turli darajadagi rahbarlarga murojaat qilinganligiga qaramay qayta qurilmayotganligini aytib, mazkur ko‘prikni yangitdan qurish masalasida yordam ko‘rsatilishini so‘radi.
Ushbu murojaat Izboskan tumani Xalq qabulxonasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilib, muammoni hal etish bo‘yicha viloyat hokimligiga, vakolatli tashkilotlarga xatlar yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.
Viloyat hokimi tashabbusi bilan tegishli idoralar tomonidan ushbu masala ijobiy hal etildi. Ya’ni Tentaksoy daryosi ustiga uzunligi 73 metr, eni 10 metr bo‘lgan, qiymati 6 milliard 734 million so‘mga teng ko‘prik barpo etilib, foydalanishga topshirildi.
Shuningdek, Cho‘rtonliq mahallasi, Ittifoq ko‘chasida yashovchi Tursunboy Qo‘chqorov o‘n yil davomida mahalla yoshlari uchun maktab qurib berish haqidagi turli idoralarga qilgan murojaati ijobiy hal etilmayotganligini aytib, tuman Xalq qabulxonasiga murojaat qilgan. Xalq qabulxonasi ko‘magi bilan mahallada umumiy qiymati 3 milliard 700 million so‘mga teng 210 o‘rinli yangi maktab binosi qad rostladi.
– Mahalladagi bo‘sh turgan joyda avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish maskani tashkil etib, tadbirkorlik faoliyatini yuritar edim, – deydi tumandagi Shinam mahallasida yashovchi Hasanboy Jo‘rayev. – Faoliyatimizni kengaytirish, yangi uskunalar sotib olish uchun bankdan kredit olishda turli to‘siqlarga duch keldik, kredit ololmadik. Shundan so‘ng ushbu masalada yordam so‘rab, tuman Xalq qabulxonasiga murojaat qildik. Shukrki, qabulxona mutaxassislari ko‘magida menga kredit ajratildi.
Xalq qabulxonasi tomonidan tadbirkorning ushbu murojaati tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, unga bankdan 354 million so‘m miqdorida kredit ajratilishiga amaliy yordam ko‘rsatildi. Natijada tadbirkor 11 yangi ish o‘rni yaratdi, xizmat ko‘rsatish sifati esa tubdan yaxshilandi.
Tuman Xalq qabulxonasi faoliyati bilan bog‘liq yuqoridagi kabi misollarni juda ko‘p keltirish mumkin. Bundan tashqari, Xalq qabulxonasi xodimlari tomonidan sayyor qabullar o‘tkazish, uyma-uy yurish orqali ham odamlarni qiynayotgan ko‘plab muammolar o‘z yechimini topdi.
Masalan, Xalq qabulxonasi tashabbusi bilan tumanning chekka hududlaridan biri hisoblangan Taraqqiyot mahallasida turli tashkilotlar, banklar rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda mahalla aholisini qariyb 50 yildan buyon qiynab kelayotgan toza ichimlik suvi muammosi hal etildi. Mahallaga toza ichimlik suvi keltirildi.
Bir so‘z bilan aytganda, Xalq qabulxonasi instituti xalq bilan muloqotning o‘ziga xos, noyob tizimi sifatida jamiyatdagi muammolarni bartaraf etishga, odamlarning o‘z hayotidan rozi bo‘lib yashashini ta’minlashga yaqindan yordam bermoqda.
Xalq qabulxonalariga qilingan murojaatlar tahlilidan kelib chiqib aytish mumkinki, murojaatlar ortidan aholini qiynayotgan muammolarning aksariyati ijobiy hal etildi. Natijada qator masalalar bo‘yicha murojaatlar deyarli barham topdi, o‘nlab masalalar bo‘yicha murojaatlar soni keskin kamaydi.
Тип классификации обращения | Способ направления | Дата принятия | Дата рассмотрения | Регион |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 Май 2024 | 18 Сентябрь 2024 | Навоийская область |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Ноябрь 2023 | 27 Февраль 2024 | Ташкентская область |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Февраль 2024 | 20 Февраль 2024 | Джизакская область |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Февраль 2024 | 27 Февраль 2024 | Сурхандарьинская область |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Апрель 2024 | 2 Май 2024 | Ташкентская область |