Shu kunlarda olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish, tashkiliy chora-tadbirlarga ko‘maklashish maqsadida Respublika ishchi guruhi Navoiy viloyatida bo‘lib turibdi.
Jumladan, Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Qahramon Sariyev Qiziltepa tumanidagi asalarichilikka ixtisoslashtirilgan Tavois mahallasida bo‘ldi.
Mahallaga tashrif jarayonida mahalla bilan tanishilib, mahalla yettiligi bilan suhbatlashildi. Hozir mahalladagi 814 ta xonadonda 4114 nafar aholi istiqomat qilib, ularning 2070 nafarini xotin-qizlar, 30 yoshgacha bo‘lganlar 1192 nafarni tashkil etadi. Boquvchisini yo‘qotgan oilalar 47 nafar, yolg‘iz keksalar 3 nafar va kam ta’minlangan oilalar 162 nafardan iborat.
Q.Sariyev ushbu mahallada istiqomat qilayotgan asalarichilar bilan uchrashib, ularning muammo va takliflarini tingladi. Ta’kidlash o‘rinliki, bugungi kunda mahallada 35 nafardan ziyod asalarichi bor.
– Mahallada asalarichilik bilan shug‘ullanib kelaman, – deydi Inoyat Saidov. – Yiliga 5-6 tonnagacha asal olaman. Mahalliy bozorga sotaman. Ko‘plab mijozlarim uydan olib ketishadi. O‘g‘lim Mirzohid ham asalarichilikka qiziqadi. Kelgusida asalari oilalarini yanada ko‘paytirib, xalqimizga sifatli va shifobaxsh asal mahsuloti yetkazib berish niyatidamiz.
Mamlakatimizda avloddan avlodga o‘tib kelayotgan milliy qadriyat – hashar tadbirlari xalqimiz orasida birdamlik, mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Xususan, hashar yo‘li bilan tumandagi Malikobod mahallasida “Mahallamga 10 tup daraxt – mening tuhfam” shiori ostida iqlim sharoitiga mos daraxt ko‘chatlari ekilmoqda. Mahalla hududida barpo etilgan bog‘lar, ularni sug‘orish tizimi bilan yaqindan tanishgan Qahramon Sariyev ham ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etdi.
– Malikobod mahallasi hududida 2023-yil kuz mavsumida jami 32 ming dona manzarali ko‘chat ekilib, 24 gektar yer maydonida “Yashil bog‘” tashkil etilgan edi, – deydi tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i Fayzullo Allayorov. – Bog‘da to‘liq tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etilgan. Joriy yilning bahor mavsumida mazkur mahalla hududidan yana 20 gektar yer maydonida “Yashil bog‘” tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar jami 15 ming dona, shundan 11,5 ming dona qayrag‘och, 2 ming dona akatsiya va 1,5 ming dona zarang ko‘chatlari ekildi hamda tomchilatib sug‘orish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ko‘chat ekish jarayonida Ishchi guruhi a’zolari mutaxassislar ishtirokida mahallada suv resurslaridan oqilona foydalanish, tomchilatib sug‘orish tizimining muhim jihatlari to‘g‘risida o‘zaro fikr almashdi.
Ishchi guruhi a’zolari tumanda “Obod xonadon– obod ko‘cha–obod mahalla” mezonlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida So‘fiyon mahallasida bo‘ldi. Tegishli mas’ullar bilan suhbatlashib, ularning takliflari va hisobotlari tinglandi.
Тип классификации обращения | Способ направления | Дата принятия | Дата рассмотрения | Регион |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 Май 2024 | 18 Сентябрь 2024 | Навоийская область |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Ноябрь 2023 | 27 Февраль 2024 | Ташкентская область |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Февраль 2024 | 20 Февраль 2024 | Джизакская область |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Февраль 2024 | 27 Февраль 2024 | Сурхандарьинская область |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Апрель 2024 | 2 Май 2024 | Ташкентская область |