Xalq qabulxonalari aholidan kelib tushayotgan har bir murojaatni alohida nazoratga olib, o‘z vaqtida va qonun doirasida ko‘rib chiqilishini ta’minlab kelmoqda.
Murojaatlarni ko‘rib chiqishda qonunbuzilishi holatlarining oldini olish maqsadida davlat organlari va tashkilotlarining murojaatlar bilan ishlash faoliyati tizimli ravishda o‘rganilmoqda.
“Guruch kurmaksiz” bo‘lmagani kabi, davlat tashkilotlarida ham aholi murojaatlariga e’tiborsizlik bilan qaraydigan mansabdor shaxslar uchrab turadi. Bu esa aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lishi bilan bir qatorda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilishiga olib keladi.
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 27-moddasida murojaat, agar unda qo‘yilgan barcha masalalar qonun talablariga muvofiq ko‘rib chiqilgan va murojaat qiluvchiga tegishli javob yuborilgan taqdirda, ko‘rib chiqilgan hisoblanishi, javoblar murojaatda ko‘rsatilgan har bir masala bo‘yicha vajlarni inkor etuvchi yoki tasdiqlovchi aniq asoslarni (zaruratga qarab qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda) o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerakligi qayd etilgan.
Qonunning 28-moddasida ariza yoki shikoyat masalani mazmunan hal etishi shart bo‘lgan davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxsiga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa, bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqilishi, tekshirish o‘tkazish, qo‘shimcha materiallarni so‘rab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda, tashkilotning rahbari tomonidan istisno tariqasida uzog‘i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan.
–O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining aholi muammolari va murojaatlari bilan ishlash faoliyati doimiy nazoratga olingan bo‘lib, joriy yilning 4 oyida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra davlat organlari va tashkilotlariga 81 ta taqdimnoma va 13 ta taklif kiritildi, –deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi Ma’mur Rahmonqulov. –Kiritilgan hujjatlar asosida kamchiliklar bartaraf qilinishi bilan bir qatorda, aholi murojaatlariga e’tiborsizlik bilan yondashgan davlat organlari va tashkilotlarining 55 nafar xodim ogohlantirildi. 27 nafar xodimiga “hayfsan” va 3 nafar xodimi oylik ish haqidan jarima intizomiy jazo choralari qo‘llanildi, 4 nafar xodimi lavozimidan ozod etildi hamda 5 nafar xodimi MJtKning 43-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortildi. Misol keltiradigan bo‘lsak, bir tashkilotning murojaatlar bilan ishlash faoliyatini joyiga borib o‘rganganimizda fuqaro qishlog‘ining yo‘llarini ta’mirlash va elektr energiyasidagi muammolarni bartaraf qilishda amaliy yordam so‘rab o‘sha tashkilot rahbariga murojaat qilgan. Mas’ul o‘rinbosar tomonidan yo‘llarni ta’mirlash masalasi hal qilingan bo‘lsada, elektr energiyasi bilan bog‘liq muammo umuman o‘rganilmagan yoki tegishli tashkilotga yuborilmagan. Natijada ushbu kamchilikka yo‘l qo‘ygan mas’ulga “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi. Yoki boshqa bir tashkilot o‘rganilganda fuqaroning murojaatini 15 kunda o‘rganmasdan, 37 kunda javob yo‘llab, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 28-moddasi talablarini qo‘pol ravishda buzganligi sababli ushbu kamchilikka yo‘l qo‘ygan mas’ul MJtKning 43-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Bu kabi holatlar aholining haqli e’tiroziga, takroriy murojaatlarning ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.
Barcha davlat organlari va tashkilotlari mas’ullaridan aholi murojaatlarini qonun talablari asosida ko‘rib chiqishlarini so‘rab qolgan holda, maqsad kimnidir javobgar qilish emas, balki aholining roziligiga erishish ekanligini ta’kidlamoqchimiz.
Тип классификации обращения | Способ направления | Дата принятия | Дата рассмотрения | Регион |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 Май 2024 | 18 Сентябрь 2024 | Навоийская область |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Ноябрь 2023 | 27 Февраль 2024 | Ташкентская область |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Февраль 2024 | 20 Февраль 2024 | Джизакская область |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Февраль 2024 | 27 Февраль 2024 | Сурхандарьинская область |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Апрель 2024 | 2 Май 2024 | Ташкентская область |