Стратегия действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан в 2017-2021 годы
Aholi murojaatlari ijobiy hal etilmoqda

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Qahramon Rajabov va viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari Nurali Safoyev ishtirokida Nurota tumanining Nurobod mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan masalalar birma-bir muhokama qilinib, ularning aksariyati joyida ijobiy hal etildi. Qolganlari ham qisqa muddatlarda o‘z yechimini topishi bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Murojaatlar asosan tibbiy muassasalarga davolanish va reabilitatsiya dasturini o‘tash uchun yo‘llanma berish, sog‘ligini tiklash uchun moddiy yordam ajratish, bandlikni ta’minlash va sanatoriyga ariza topshirish  masalalariga doir bo‘ldi.  

– Yurtboshimiz tashabbuslari bilan joylarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda, – deydi Nuriya Xidirova. – Sayyor qabullar davomida aholimizni qiynab kelayotgan muammolariga yechim topilmoqda. Bugungi uchrashuvda sog‘ligimni tiklash maqsadida sanatoriyga yo‘llanma masalasida murojaat qildim. Murojaatim ijobiy hal etildi. “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan mablag‘ ajratishdi. Mahallamizdagi ijtimoiy xodim kelib, ahvolimdan xabar olib turadi.  

Tadbir davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining muammolari xonadonlariga borgan holda ham o‘rganildi. Umuman olganda, qabul davomida 18 ta murojaat qabul qilinib, ularning aksariyatiga joyida yechim topildi. Vaqt va mablag‘ talab etadigan muammolar ijrosini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, ijrosi nazoratga olindi.   

24.10.2024

Решенные обращения

Тип классификации обращенияСпособ направленияДата принятияДата рассмотренияРегион
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 Май 202418 Сентябрь 2024Навоийская область
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Ноябрь 202327 Февраль 2024Ташкентская область
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Февраль 202420 Февраль 2024Джизакская область
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Февраль 202427 Февраль 2024Сурхандарьинская область
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Апрель 20242 Май 2024Ташкентская область

полезные ресурсы