Стратегия действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан в 2017-2021 годы
Xotin-qizlarga tomorqadan samarali foydalanish sirlari oʻrgatildi

Barcha sohalarda boʻlgani kabi dehqonchilikda, xususan, tomorqadan samarali foydalanish borasida ham har bir hududning oʻziga xos tajribasi bor. Bu tajribalarning samarali jihatlarini ommalashtirish esa har jihatdan muhim sanaladi.

“Xolmoʻmin-Zohid” koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi rahbari Sharofat Noriyeva Jizzax viloyatida chorvachilik, parrandachilik, gʻalla va paxtachilikdan tashqari issiqxona faoliyatini yoʻlga qoʻyib, yaxshi daromad olayotgan tadbirkorlardan biri sanaladi.

 

IMG_1792.JPG

 

Sharofat Noriyeva tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish va tomorqadan unumli foydalanish istagida boʻlgan sirdaryolik bir guruh xotin-qizlarga faoliyati davomida orttirgan bilim va amaliy tajribalarini oʻrtoqlashdi.

 

“Tomorqa – daromad manbai” mavzusidagi mahorat darsi shaklida tashkil etilgan ushbu uchrashuv amaliy mashgʻulotlarga boy boʻlgani bilan ahamiyatli boʻldi.

 

IMG_1794.JPG

 

– Bu loyiha Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Jizzax shahri hamda Sh.Rashidov tumani kengashlari bilan hamkorlikda “Har bir oila tadbirkor” dasturi ijrosi doirasida tashkil etildi, – deydi partiya Sirdaryo viloyati kengashi boʻlim mudiri Sabohat Boboyeva. – Sirdaryolik opa-singillarimiz tajribali fermerning tomorqasida, xoʻjaligiga qarashli dala maydonida tashkil etilgan amaliy mashgʻulotlarda ishtirok etdi. Issiqxona harorati, koʻchatlarni parvarishlash, oziqlantirish jarayoniga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, nafaqat anʼanaviy polizchilik, sabzavotchilik xususida, balki noanʼanaviy dehqonchilik sirlari bilan ham tanishtirildi.

 

Serdaromad tarmoq – qoʻziqorin yetishtirish yuzasidan oʻtkazilgan amaliy mashgʻulotlar koʻpchilikning qiziqishiga sabab boʻldi.

 

– Mashgʻulotlar davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollar, ularning qiziqishlarini koʻrib, bunday mahorat darslari naqadar zarurligiga yana bir bor amin boʻldik, – deydi Sharofat Noriyeva. – Chunki bu mashgʻulotlar bizga ham bilim va koʻnikmalarimizni yangilash, hali oʻrganishimiz lozim boʻlgan jihatlar xususida xulosa chiqarish imkonini berdi. Biroq har qanday sohada muvaffaqiyat qozonish, bilim va koʻnikmadan tashqari, sabr va mehrni, mehnatni talab qilishini unutmasligimiz kerak. Buni ayollarimiz yaxshi anglab turishgani esa qatnashchilarning ertangi kundagi faoliyatiga asos boʻladi.

 

Har qanday tadbirkorlik faoliyati, jumladan, oilaviy biznesni yuritish mablagʻ bilan uzviy bogʻliq. Shu sababli, ishtirokchilarga kam taʼminlangan oilalarga ajratiladigan mikrokreditlar, kichik biznes, xususiy, tadbirkorlik va fermerlikni rivojlantirish uchun zarur moliyaviy resurslar manbalari xususida yetarlicha maʼlumotlar berildi. Yakka tartibdagi mehnat faoliyatini, oilaviy biznes va kasanachilikni faollashtirish, qishloq joylarda, xotin-qizlar uchun mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanishni yoʻlga qoʻyish kabi masalalar ham tashkilotchilar diqqat markazida boʻldi.

15.03.2019

Решенные обращения

Тип классификации обращенияСпособ направленияДата принятияДата рассмотренияРегион
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 Май 202418 Сентябрь 2024Навоийская область
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Ноябрь 202327 Февраль 2024Ташкентская область
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Февраль 202420 Февраль 2024Джизакская область
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Февраль 202427 Февраль 2024Сурхандарьинская область
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Апрель 20242 Май 2024Ташкентская область

полезные ресурсы