Стратегия действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан в 2017-2021 годы
Mo‘ynoq: mo‘jiza sodir bo‘lmaydi, u yaratiladi

Xalqaro press klubining navbatdagi “Mo‘jiza sodir bo‘lmaydi, u yaratiladi” nomli sessiyasi 16 aprel kuni Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumaniga qarashli Shege qishlog‘ida, ya’ni so‘lim tabiatga ega Ko‘ksuv ko‘li sohilida o‘tkazildi. Aynan shu joyda Pamir tog‘laridan ildiz olib, 2500 km yo‘l bosib oqib keladigan asov daryo, tentak daryo sifatida tanilgan Amudaryo oxirgi manziliga kelib to‘xtaydi.

– Biz roppa-rosa 3 oydan keyin yana Mo‘ynoqda Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasini o‘tkazmoqdamiz. Ushbu qisqa muddat ichida Mo‘ynoqda nihoyatda ko‘p o‘zgarishlar bo‘lgan. Bizni shu yuz berayotgan quvonchli yangiliklar va Mo‘ynoq bahori yana shu hududga chorladi, – deydi XPK raisi Sherzod Qudratxo‘jaev. – Muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida olib borilayotgan sa’y-harakatlar natijasida yurtimizda qator unutilayozgan shaharlar yangicha qiyofa kasb etib, zamonaviy go‘shalarga aylanyapti. Biz shularni press klub sessiyalari orqali qayta kashf qilmoqdamiz. Bu shaharlar “M” harfidan boshlanadigan Manas, Mirzacho‘l va Mo‘ynoq shaharlaridir. Aynan bugungi tadbirimiz ham yangi Mo‘ynoqni kashf etishdir.

 

Mo‘ynoq tumanida bugungi kunda 82 ta ob’ektda, jumladan tuman markazida 48 ta ob’ektda qurilish, ta’mirlash ishlari olib borilyapti. 2018 yilning 17 dekabridan boshlangan Orolning qurigan maydoniga saksovul ekish ishlari ham ilk natijalarini bera boshladi. Ya’ni, urug‘ sepilgan 468 ming gektarning qariyb 100 ming gektarida saksovul urug‘lari unib chiqa boshlagan. Ko‘chatlar ekilishi uchun tortilgan 1 million 100 ming gektar maydonda chuqurliklar ichiga unumdor tuproqlar joylasha boshlagan va bu yerlarda hozirda ko‘chatlar ekilmoqda.

 

DSC_6895.JPG

 

Taqqoslash uchun taʼkidlash joizki, Orol dengizi qaytib boshlagandan keyin 80 yillardan boshlab uning qurigan maydoniga saksovul ekila boshladi. Shundan 1991 yilgacha 83 ming gektarga ekilgan boʻlsa, 1991 yildan to 2018 yilga qadar 400 ming gektarga, jami shu kunga qadar 483 ming gektarga saksovul ekilgan edi.

 

Muhtaram Prezidentimiz Orolga katta e’tibor qaratdi. Yiliga 500 ming gektarni “yashil qoplama” bilan qoplash vazifasi qo‘yildi. O‘tgan yil 17 dekabrdan boshlangan ishlar samarasida 468 ming gektar maydonga urug‘ sepilib, 1 million 100 ming gektari ekishga tayyorlangan. Bu hali qish-bahor mavsumida qilingan ishlar. Oldimizda kuzgi mavsum bor.

 

– Men Qoraqalpog‘istonni 18 yildan boshqarib kelayotgan bo‘lsam, shu payt ichida Qoraqalpog‘iston bo‘yicha alohida Prezident qarori chiqmagan edi. Mana Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ikki yilning ichida Mo‘ynoq tumani bo‘yicha ikkita qarorni qabul qildi, deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Musa Yerniyazov. – Ushbu qarorlar bilan Mo‘ynoqni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ishlari olib borilyapti. Bu yerda faoliyat yuritaman degan tadbirkorlarga 10 yilga barcha soliqlaridan ozod qilinadigan imtiyozlar berildi.

 

Joriy yil 16 yanvar kuni Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan “Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tumanda umumiy qiymati 1 trillion 485 milliard 176 million so‘mlik 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan 125 ta loyihani amalga oshirish belgilangan.

 

Ushbu loyihalardan ilk ob’ektlar – 245 o‘rinlik madaniyat uyi, 1000 o‘rinlik stadion va 800 o‘ringa mo‘ljallangan amfiteatr foydalanishga topshirildi. 

Mo‘ynoq tumanidagi eng dolzarb masalalarning biri – aholini ish bilan ta’minlashdir. Dengiz to‘lib-toshib turgan vaqtlarda Mo‘ynoq tumani aholisi 100 mingdan oshgan. Ular asosan baliqchilik bilan shug‘ullangan. Dengiz qurishi bilan ularning aksariyati boshqa joylarga ko‘chib ketgan va hozirgi kunda tumanda 31 mingdan ortiqroq aholi istiqomat qiladi.

 

DSC_6937.JPG

 

Tumanda ishsizlik masalasini hal qilish maqsadida qator korxonalar barpo qilinmoqda. Jumladan, Chexiyaning “Eriell” kompaniyasi tomonidan tuzni qayta ishlash korxonasi tayyor bo‘ldi, “O‘zpaxtasanoat” AJning o‘z mablag‘lari hisobiga qurilayotgan tekstil fabrikasi ham yaqinda ish boshlaydi. Bu yerda 600 nafar xotin-qizni ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Mo‘ynoq baliq konserva zavodi binosi qurilishi ham nihoyasiga yetmoqda. Unga uskunalar xarid qilish uchun Rossiya bilan shartnoma qilingan. Ushbu korxona avgust oylariga qadar ishga tushishi kutilmoqda. Bu zavodga Mo‘ynoq atrofidagi mavjud 18 ta ko‘ldan baliq yetishtirib beriladi. Bulardan eng yiriklari Sudoche (22 ming ga), Jaltirbas (17 ming ga) va Mejdureche (7,5 ming ga) ko‘llaridir.

 

Tuman markazida hozirda 24 ta ko‘p qavatli uy-joylar qurilmoqda. Ularning har biri 24, 28 kvartiradan iborat. Shu yilning avgust oyi oxiriga qadar, Mustaqillikning 28 yilligiga jami 580 kvartiralarning kalitlari o‘z egalariga topshiriladi. Ushbu kvartiralarning badal to‘lamlari yuqorida ta’kidlangan korxonalar tomonidan to‘lab berilishi nazarda tutilgan.

Joriy yil boshidan Orolning qurigan maydonlarida quduqlar qazila boshladi. Hozirda 12 ta quduq qazilgan. Ularda chorvachilik uchun iste’molga yaroqli suv chiqmoqda. Shu sabab bu yerda mo‘ynoqliklar uchun baliqchilikdan tashqari chorvachilikni rivojlantirishga ham imkoniyatlar yaratilmoqda. 

 

Press klubda Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari Shuhrat Jo‘raev, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdushukur Hamzaev, Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Zinoviy Noviskiy, O‘zbekiston xalq shoiri Azim Usmon va boshqalar spiker sifatida qatnashdi.

 

Tadbirga qatnashish uchun shu kuni O‘zbekistonga xizmat ko‘rsatgan artist Jenisbek Piyazov ham Italiya davlatidan o‘zining yangiliklari bilan yetib keldi. Dengizning qurigan tagida “yashil qoplama” barpo qilish loyihasi rahbari Zinoviy Noviskiy esa Orolning qoq markazida oazis yaratish maqsadida mevali va manzarali daraxtlarni o‘tqazish ishlarini boshladi. Press klub sessiyasida ko‘tarilgan ana qiziqarli mavzular bo‘yicha keyingi materiallarimiz orqali voqif bo‘lasiz. Saytimizni kuzatib boring.

 

Ye.Qanoatov, O‘zA

16.04.2019

Решенные обращения

Тип классификации обращенияСпособ направленияДата принятияДата рассмотренияРегион
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 Май 202418 Сентябрь 2024Навоийская область
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Ноябрь 202327 Февраль 2024Ташкентская область
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Февраль 202420 Февраль 2024Джизакская область
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Февраль 202427 Февраль 2024Сурхандарьинская область
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Апрель 20242 Май 2024Ташкентская область

полезные ресурсы