O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud raisining o‘rinbosari X.Yodgorov va Oliy sud sudyalari 11 may kuni Jizzax viloyati aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Oliy sud matbuot xizmati xabar qilishicha, sudyalar tomonidan dastlab Jizzax shahar transport aloqa kollejida, so‘ngra Forish tuman musiqa va san’at maktabida sayyor qabullar tashkil etildi.
Sayyor qabullarda jami 104 ta murojaat qabul qilinib, shundan jinoyat ishlari yuzasidan 65 nafar, fuqarolik ishlari yuzasidan 26 nafar, iqtisodiy ishlar bo‘yicha 11 nafar hamda ma’muriy ishlar bo‘yicha 2 nafar fuqaroning murojaatio‘rganildi.
Bundan tashqari qabul davomida hokimlik, prokuratura, ichki ishlar organlari va Majburiy ijro buyurosiga taalluqli 4 ta murojaat xam kelib tushdi.
Qabul natijalarigako‘ra,61 ta murojaatlar qanoatlantirildi, 39 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi, 5 ta nazorat tartibidagi shikoyatlar Oliy sudda o‘rganish uchun qabul qilindi.
Qanoatlantirilgan 61 ta murojaatlar bo‘yicha38 nafar fuqaro tayinlangan jazodan shartli ozod etildi.9nafar fuqaro jazoni ijro etish muassasasidan muddatidan oldin ozod qilinib, oilasi bag‘riga qaytarildi. Shuningdek, 2 nafarfuqaroning sudlanganlik holati olib tashlandi.
Murojaatlarga oid fuqarolik va iqtisodiy ishlar sudlarda o‘zining qonuniy yechimini topganligi, muammoli vaziyatlar sudlar tomonidan ijobiy hal etilganligi natijasida12 nafar fuqaro tomonidantashakkurnoma va minnatdorlik xatlari berildi.
– Men turmush o‘rtog‘imga nisbatan avtomashinadan ulush ajratish to‘g‘risida sudga da’vo ariza bilan murojaat qilgan edim, – deydi Jizzax shahar Madaniyat mahallasida yashovchi G.A. – Menga berilgan huquqiy tushuntirishlar va maslahatlar natijasida turmush o‘rtog‘im bilan yarashib, birga yashamoqdamiz vafuqarolik ishini ish yuritishdan tugatish haqida ariza berdim.Menga o‘z vaqtida berilgan tushuntirishlardan va oilamni saqlab qolishga imkon bergan sudyalarga o‘z minnatdorligimni bildiraman.
Xulosa o‘rnida aytish joizki, Oliy sud tomonidan bu kabi sayyor qabullarni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad fuqarolarningovoragarchilikning oldini olishhamda ularni qiynayotgan muammolarnianiqlash va bartaraf etishdan iborat.
O‘zA
Тип классификации обращения | Способ направления | Дата принятия | Дата рассмотрения | Регион |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 Май 2024 | 18 Сентябрь 2024 | Навоийская область |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Ноябрь 2023 | 27 Февраль 2024 | Ташкентская область |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Февраль 2024 | 20 Февраль 2024 | Джизакская область |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Февраль 2024 | 27 Февраль 2024 | Сурхандарьинская область |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Апрель 2024 | 2 Май 2024 | Ташкентская область |