Barcha darajadagi rahbarlarning aholi orasida bo‘lishi, muammolarni aniqlab, ularga yechim topishga yordam berayotgani odat tusiga kirayotgani quvonarli.
Bu an’ana Jizzax viloyatida ham yo‘lga qo‘yilgan. Jizzax viloyati prokurori Islom Ergashxo‘jaev viloyatning chekka tumanlaridan biri - Arnasoy tumanida bo‘lib, sayyor qabul, ochiq muloqot tadbirlari tashkil qilish bilan birga ta’lim muassasalari, xonadonlarda bo‘lib, haqiqiy vaziyat bilan tanishdi.
Chinobod mahallasida o‘tkazilgan ommaviy sayyor qabuldan so‘ng ishchi guruh bilan birgalikda Ulug‘bek ko‘chasida tashkil etilgan “Farangiz” xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning ta’lim-tarbiyasi va yaratilgan shart-sharoitlari bilan tanishildi.
Ishga tushishi kutilayotgan yana bir oilaviy “Kamalak” nomli xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari N.Jangirova ishchi guruh kelganidan foydalanib, jihozlashda amaliy yordam so‘radi. Fuqaroning murojaatini hal qilishga yordam beriladigan bo‘ldi.
Uyma-uy yurish asnosida Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida yashovchi fuqaro S.Ummatovning oila a’zolari bilan suhbat o‘tkazilganda uy-joy kadastri hujjatlarini rasmiylashtirishda amaliy yordam so‘raldi. Ushbu holat yuzasidan tegishli mutasaddilarga qisqa fursatda hal qilish yuzasidan topshiriq berildi.
Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi 33-uy, 2-xonadonda yashovchi M.Xuvaydoevning xonadoni o‘rganilganida, xonadon egasini anchadan buyon qiynab kelayotgan suv chiqarishga mo‘ljallangan nasos apparatiga muhtojligi aniqlandi. Ushbu fuqaroning muammosi joyida hal etildi.
Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi 19-uy, 1-xonadonda yashovchi 1-guruh nogironi T.Nizomiddinovning xonadoniga kirilib, bemorning holidan xabar olindi, sovg‘alar berildi.
Yana tashkil etilgan sayyor qabulda 200 dan ziyod fuqaro qatnashib, shundan 23 nafari o‘zlarining muammo va takliflari bilan murojaat qilishdi. Murojaatlar asosan ichki yo‘llarni ta’mirlash, sog‘liqni saqlash, mahalla aholisi uchun tibbiyot xizmat ko‘rsatish xonasi qurib berish, ish haqi undirish, uy-joy, ijtimoiy nafaqa tayinlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, elektr energiyasi, yer ajratish va boshqa masalalarga oid bo‘ldi.
Mazkur murojaatlarning 2 tasi joyida hal etilgan bo‘lsa, 1 tasi yuzasidan tushuntirish berildi, 1 ta murojaat yuzasidan joyiga chiqib, o‘rganildi. Qolganlari yuzasidan viloyat sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi va moliya boshqarmalariga, viloyat elektr tarmoqlari korxonasiga, viloyat Markaziy bankiga, tuman hokimligi, tuman obodonlashtirish boshqarmasiga, tuman avtoyo‘l korxonasiga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, har bir murojaatning ijrosi yuzasidan muddatlar belgilab berildi va alohida nazoratga olindi.
Bundan tashqari, qabul jarayoni davomida aholiga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida tibbiy ko‘riklar tashkil etilib, 336 nafar fuqarolar qabul qilinib, sog‘ligidan bezovta bo‘lgan fuqarolar ko‘rikdan o‘tkazildi. Natijasiga ko‘ra, 1 nafar fuqaroga davolanishi uchun yo‘llanma va 1 nafariga order berilgan bo‘lsa, 75 nafariga malakali tibbiyot sohasining mutaxassislari tomonidan ambulator davolanishlari uchun tegishli tavsiyalar berildi. Tadbir davomida hudud aholisiga arzonlashtirilgan narxlarda un mahsulotlari va gaz ballonlar tarqatildi.
Muattar RO‘ZIBOEVA, O‘zA
Тип классификации обращения | Способ направления | Дата принятия | Дата рассмотрения | Регион |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 Май 2024 | 18 Сентябрь 2024 | Навоийская область |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Ноябрь 2023 | 27 Февраль 2024 | Ташкентская область |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Февраль 2024 | 20 Февраль 2024 | Джизакская область |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Февраль 2024 | 27 Февраль 2024 | Сурхандарьинская область |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Апрель 2024 | 2 Май 2024 | Ташкентская область |