Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniev Beshariq tumani “Chinobod” mahalla fuqarolar yig‘inida ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi.
Unda sektor rahbari, viloyat tashkilotlari boshliqlari ishtirok etib, hudud aholisining murojaatini o‘rgandi. Aholini qiynayotgan muammolar xususida suhbatlashdi.
Viloyat hokimining navbatdagi sayyor qabuli uchun joy - “Chinobod” mahalla fuqarolar yig‘ini tanlagani bejiz emas. Viloyatning olis va chegaradosh hududi sanalgan mazkur mahalla fuqarolar yig‘inida bugungi kunda 5 mingdan ortiq aholi istiqomat qilib kelmoqda. Bu erning aholisi dehqonchilikda yaxshi tajribaga ega. Ayniqsa, bu qishloq ahli qovun etishtirish va uni saqlashda juda ham mashhur.
Joriy yilda hududdagi 18-maktabgacha ta’lim muassasasi 2 milliard 400 million so‘mlikdan ortiq mablag‘ evaziga butunlay yangitdan qurildi. Ko‘plab ko‘chalarning ichki yo‘llari asfalt qilinib, ichimlik suvi tortildi. Bugun qo‘shni Tojikistondan tashrif buyurayotgan mehmonlar qishloqda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘rib, havas qilayotgani ham ayni haqiqat.
Viloyat boshqarma va tashkilotlarining mas’ullaridan iborat ishchi guruhlar mazkur mahalla fuqarolar yig‘inining har bir xonadonida bo‘lib, aholi bilan muloqotda bo‘ldilar. Uyma-uy o‘rganishlar va muloqot chog‘ida 135 ta xonadonga kirildi. Aholi tomonidan bir qator muammolar bildirilib, ularni hal etish tadbirlari ko‘rildi. Shuningdek, kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz keksalar, bemorlar holidan xabar olindi.
Sarkor ko‘chasida yashovchi 93 yoshli Topilaxon aya Qodirova bunday e’tibordan juda mamnun bo‘ldi.
- Barchalaringizga katta rahmat. Bizning muammolarimizni eshitaman deb mana uyimizgacha kelyapsizlar. Shukr, hech qanday muammomiz yo‘q. Konibodomdan kelin bo‘lib tushganman. O‘n nafar farzandim bor, nevara-chevaralarni sanab adog‘iga etolmayman. Mana duo qilib, uyni to‘rida o‘tiribmiz, - deydi Topila aya.
Viloyat hokimi Shuhrat G‘aniev mazkur qishloqda O‘zbekiston, Furqat va Beshariq tumani fuqarolari uchun sayyor qabul o‘tkazdi. Sayyor qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 49 ta turli mazmundagi murojaatlar qilindi. Shundan 11 tasi joyida hal etildi, qolgani esa tegishli mas’ullar tomonidan qonuniy tushuntirishlar o‘tkazilib, mutasaddilarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, viloyat hokimi 18-umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan suhbatda bo‘ldi. Maktabga kitoblar jamlanmasi tuhfa qilindi, faol o‘qituvchilar sovg‘alar bilan taqdirlandi. 4–sinf o‘quvchisi Lazizbek Bahodirjonov esa O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning “Do‘ppi” nomli she’rini o‘qib, viloyat hokimining e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
Mazkur mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Cho‘lponoy Mo‘ydinova yolg‘iz ikki farzandni tarbiyalamoqda. Uning uyi ta’mirga muhtoj edi. Viloyat hokimligining ko‘magida 2 xonali yangi uy qurilishiga kirishildi. Viloyat hokimi Sh. G‘aniev mazkur xonadonda bo‘ldi, Ch. Mo‘ydinovaga tikuv mashinasi va oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Shuningdek, qabul davomida 3 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaroga nogironlik aravachasi taqdim qilindi.
Тип классификации обращения | Способ направления | Дата принятия | Дата рассмотрения | Регион |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 Май 2024 | 18 Сентябрь 2024 | Навоийская область |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Ноябрь 2023 | 27 Февраль 2024 | Ташкентская область |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Февраль 2024 | 20 Февраль 2024 | Джизакская область |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Февраль 2024 | 27 Февраль 2024 | Сурхандарьинская область |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Апрель 2024 | 2 Май 2024 | Ташкентская область |