Surxondaryo viloyati aholisi uchun Sarosiyo, Oltinsoy, Qiziriq va Termiz tumanlarida tashkil etilgan ommaviy qabullarda Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonalari, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Markaziy bank kabi 12 ta vazirlik, idora hamda sektor rahbarlari ishtirok etdi.
Uch kun davom etgan ommaviy qabullarda 900 ga yaqin fuqaroning murojaati tinglandi. Shundan 336 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi, 136 nafar murojaat egasiga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi, 339 ta murojaat ijrosi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanib, nazoratga olindi.
Murojaatlar sohalar bo‘yicha tahlil qilinganda, ularning asosiy qismi uy-joy olish, moddiy yordam, ish haqi, pensiya ta’minoti hamda bank-moliya, soliq, sud, ishga joylashish, ishga tiklanish, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalari, tabiiy gaz, elektr ta’minoti hamda yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha kelib tushgan. Ommaviy qabullar davomida aksariyat murojaatlardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar o‘z joyida hal etilib, murojaatchilarning talabi qondirildi.
Xususan, qabul davomida ehtiyojmand, ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalar vakillariga tikuv mashinkalari, duxovka va gaz plitalari, nogironlik aravachalari topshirildi. Tumanning «Saliobod» mahallasida istiqomat qilib kelayotgan Dilnoza G‘anieva barvaqt ota-onasidan judo bo‘ldi. Oqibatda voyaga etmagan singlisi bilan yolg‘iz qoldi. Bu xam etmagandek ishsizlik dard ustiga yana bir dard edi. Turmush tashvishlari endi Dilnozaning zimmasida. Shu bois, uning sayyor qabulga ish so‘rab qilgan murojaati tezda o‘rganilib shu erning o‘zida unga tikuv mashinasi olib berildi.
Qiziriq va Bandixon tumanlari viloyatning ijtimoiy sharoiti nisbatan og‘ir hududlaridan sanaladi. Shu bois Respublika miqyosidagi rahbarlar tomonidan mazkur hudud aholisining muammo va tashvishlarini bartaraf etishga yo‘naltirilgan ommaviy qabullar Qiziriq tumanida tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida 500 nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari echimiga kirishilar ekan amaliy natijalar darrov bo‘y ko‘rsatdi. Misol uchun, Bandixon tumanining «Saroy» mahallasida istiqomat qilib kelayotgan Chorshanbi Elmurodov bundan 5 yil avval baxtsiz hodisa tufayli to‘shakka mixlanib qolgan edi. Toshkent shahridagi malakali shifokorlar ko‘rigidan o‘tgan fuqaroga jarrohlik mualajasidan so‘ng yurishi mumkin degan xulosa bor. Biroq Chorshanbi Elmurodovning iqtisodiy imkoniyati cheklanganligi bois u mustaqil harakat qilshdan bebehra edi. Ommaviy qabul esa Chorshanbi Elmurodovning hayotida yangi sahifa ochilishiga sabab bo‘ldi. Uning davolanishi uchun kerakli mablag‘ ajratildi.
Sunnat Nasriddinov va Sirojiddin Samadov jinoyat sodir qilgan. Sud tomonidan ularga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan edi. Ularning xulq atvori o‘zgarganligi, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi hamda tuzalish yo‘liga o‘tganligi sababli Termiz tuman jinoiy ishlar bo‘yicha sudiga Termiz tuman probatsiya guruhi tomonidan taqdimnoma kiritildi. Taqdimnoma, mazkur sayyor qabulda tashkil etilgan sudda ko‘rib chiqilib qanoatlintirildi. Sunnat Nasriddinov va Sirojiddin Samadov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodekisining tegishli moddasiga asosan muddatdan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.
Ommaviy qabul davomida oldingi ana shunday ochiq muloqotlar jarayonida ko‘tarilgan masalalar ijobiy echim topgani, odamlarni rozi qilish yo‘lida hayotga tatbiq etilayotgan tub islohotlardan mamnun ekanini bildirish uchun kelgan yurtdoshlarimiz ham ko‘p bo‘ldi.
Misol uchun, Maryam Muhammedova Prezident Xalq qabulxonasi tomonidan viloyatda tashkil etilgan ilgarigi ommaviy qabulda ichki ishlar organlari tizimida faoliyat olib borayotgan o‘g‘li ishdan nohaq bo‘shatilgani yuzasidan murojaat qilgan edi.
O‘tgan davr mobaynida bu masala mutasaddi idora va tashkilotlar tomonidan har tomonlama xolis ko‘rib chiqilib, adolat qaror topdi. Bundan tabiiyki, uning barcha oila a’zolari, avvalambor, onaizorning ko‘ngli tog‘dek ko‘tarildi.
Bir so‘z bilan aytganda, xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishi bilan yashash mutasaddilarning eng asosiy maqsadi bo‘lib, uning ro‘yobi yurtimiz ravnaqiga, fuqarolarning tinch, osuda, farovon hayot kechirishlarini ta’minlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Тип классификации обращения | Способ направления | Дата принятия | Дата рассмотрения | Регион |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 Май 2024 | 18 Сентябрь 2024 | Навоийская область |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Ноябрь 2023 | 27 Февраль 2024 | Ташкентская область |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Февраль 2024 | 20 Февраль 2024 | Джизакская область |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Февраль 2024 | 27 Февраль 2024 | Сурхандарьинская область |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Апрель 2024 | 2 Май 2024 | Ташкентская область |