Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Abdurazzoqov aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar koʻrish maqsadida viloyatga rahbarlik faoliyatidagi ilk sayyor qabulini Yangiqoʻrgʻon tumanidagi Nanay qishlogʻida oʻtkazdi.
Viloyat markazidan 60 kilometr uzoqlikda, chegara hududda tashkil etilgan sayyor qabul davomida Yangiqoʻrgʻon, Chortoq, Uychi, Uchqoʻrgʻon tumanlari va Namangan shahridagi fuqarolardan kelib tushgan yuzga yaqin murojaatlar viloyat va tuman sektorlari, tegishli viloyat tashkilotlari rahbarlari ishtirokida atroflicha koʻrib chiqildi.
Uy-joy, yer va kredit ajratish, bandlik, tadbirkorlik, fermer xoʻjaligi, hududlardagi yoʻl, suv va elektr taʼminotini yaxshilash, tibbiy xizmatdan foydalanishga koʻmaklashish kabi masala, muammolar oʻrganib chiqilib, belgilangan tartibda ijobiy hal etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar yuklatildi.
“Izzatullayev inturist” oilaviy korxonasi rahbari Shuhrat Izzatullayev Nanayning bahavo joylaridan birida turistlar oqimini koʻpaytirish maqsadida qiymati 1 milliard 383 million soʻmga teng loyihaga qoʻl urishni moʻljallab turibdi. Buning uchun tadbirkorga 500 million soʻm kredit mablagʻi zarur. Bu borada viloyat rahbaridan amaliy yordam soʻradi. Loyiha summasining qolgan qismini oʻz hisobidan qoplashini aytdi. Masalaga shu joyning oʻzida hal etildi. Markaziy bank viloyat boshqarmasiga kreditni tezkorlik bilan rasmiylashtirish, viloyat turizmni rivojlantirish boshqarmasiga loyihani amalga oshirishda yaqindan koʻmaklashish vazifasi topshirildi.
– 19 yildan beri astma kasalligidan aziyat chekib kelaman, – deydi uychilik fuqaro Asila Hojimirzayeva. – Sogʻligimni yaxshilash maqsadida Toshkentdagi tibbiyot instituti klinikasida davolanish uchun viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi koʻmagida orderga ega boʻldim. Ammo muolajaga dori-darmon olish uchun pulim yoʻqligi sababli viloyatimiz hokimidan homiylik yordamini koʻrsatishlarini soʻradim. Sayyor qabuldan qoniqish hosil qildim. “Qizil yarim oy” jamiyati viloyat filiali tomonidan zarur yordam oladigan boʻldim.
Tadbirkor Sohiba Otaboyeva 2018-yil fevral oyida Namangan tumani Qumqoʻrgʻon mahallasi hududida joylashgan stadionni tender-auksion savdosi orqali sotib oladi. Biroq bolalar oʻyingohi barpo etiladigan bu yerda tuman hokimining qarori bilan koʻpqavatli uylar barpo etildi. Natijada tadbirkorga Namangan shahridagi Sohibkor mahallasidagi boʻsh turgan 27 sotixli quruq yer ajratilishi maʼlum qilinadi. Bu haqda viloyat hokimining qarorini chiqarish kerakligi haqida yoʻllangan murojaat eʼtiborsiz qolmadi.
Chortoq tumanidagi “Matkarim aziz” oilaviy korxonasi taʼsischisi Akramjon Matkarimov ham “snos”dan jabr koʻrganlardan. U Furqat nomidagi madaniyat va istirohat bogʻini obod va serfayz goʻshaga aylantirish maqsadida xorijdan 170 ming dollar mablagʻ evaziga attraksionlarni olib kelgandi. Taassufki, Jahon banki loyihasi doirasida amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlari sababli bogʻ buzib yuborildi. Viloyat rahbari sayyor qabulga kelgan tadbirkorni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, tumandagi foydalanilmay turgan joydan yer ajratib berish yuzasidan tuman hokimligiga koʻrsatma berdi.
Uch soatga yaqin kechgan sayyor qabulda, shuningdek, viloyat Adliya, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash, Bandlik, Sogʻliqni saqlash, Moliya, Markaziy bank, Xalq taʼlimi, Maktabgacha taʼlim boshqarmalari, kommunal xizmatlar korxonalari, viloyat Fuqarolik va Jinoyat ishlari boʻyicha sudlari masʼul xodimlari ham fuqarolar murojaatlarini tingladilar. Muammo va masalalar yechimi yuzasidan tegishli tavsiya va huquqiy maslahatlar berilib, savollarga atroflicha javoblar qaytarildi.
Bu kabi qabullar fuqarolarning adolat izlab idorama-idora yurishi yoki poytaxtga ovora boʻlib kelib-ketishining oldini olib, muammoni joyida ijobiy hal etish imkonini beradi. Eng muhimi, viloyat rahbarining xalq huzuriga borayotgani quyi tizimlarda hal boʻlmayotgan masalalarga yechim topilishiga xizmat qiladi.
Тип классификации обращения | Способ направления | Дата принятия | Дата рассмотрения | Регион |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 Май 2024 | 18 Сентябрь 2024 | Навоийская область |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Ноябрь 2023 | 27 Февраль 2024 | Ташкентская область |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Февраль 2024 | 20 Февраль 2024 | Джизакская область |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Февраль 2024 | 27 Февраль 2024 | Сурхандарьинская область |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Апрель 2024 | 2 Май 2024 | Ташкентская область |