Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Botir Zaripov Olot tumanida ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi.
Viloyat rahbari tomonidan sayyor qabulda nafaqat Olot tumani, balki unga yondosh tumanlar, viloyatning boshqa hududlari aholisining turli sohalarga oid muammolari, talab va takliflari eshitildi.
Qabulda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish, adolatni qaror toptirishga alohida e’tibor qaratildi. Uy-joy qurish uchun yer ajratish, moddiy yordam, pensiya, bolalar nafaqasi, ishga joylashish, bank-moliya, soliqqa tortish, tabiiy gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi ta’minotidagi uzilishlar, sog‘liqni saqlash, kommunal xo‘jalik, yo‘llarni ta’mirlash, ta’lim sohasidagi muammolar, tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan 126 nafar fuqaroning 300 ga yaqin murojaati sektorlar rahbarlari, viloyat korxona va tashkilotlari mutasaddilari ishtirokida birma-bir muhokama qilindi. Fuqarolarning 47 nafarini shaxsan viloyat hokimining o‘zi qabul qildi.
– Viloyat rahbariga mahalla aholisi nomidan 3 ta masala yuzasidan murojaat qildim, – deydi tumandagi "Burjoq" mahalla fuqarolar yig‘ini Burjoq qishlog‘ida yashovchi fuqaro Sayfullo Qurbonov.
– Bu hududdagi 2 kilometr yo‘lni asfalt qilish, 2 smenada o‘qishni olib borayotgan maktab o‘quvchilari uchun qo‘shimcha bino qurish hamda hududimizda umuman maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud emasligini inobatga olib, kelajak avlod uchun muassasa tashkil etishdir. Rahbarimiz har bir masalaga alohida yondashib, mutaxassislar bilan kelishgan holda muhokamalarni olib bordi. Natijada uchala masala ham o‘zining ijobiy yechimini topdi.
– Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligimizni yanada kengaytirish maqsadida imtiyozli kredit olishni maqsad qilgan edik, – deydi Shofirkon tumanidagi “Ruslan Sulton chamani” fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi Husen Salomov.
– Murojaatimiz viloyat rahbari tomonidan nazoratga olindi. Tez kunlarda yechimini topish bo‘yicha takliflar berilishi ma’lum qilindi. Fermer xo‘jaligimizda chorva, baliq, paxta, g‘alla yetishtiryapmiz. Ukrainadan naslli mollarni olib kelish bo‘yicha ishlarni boshlaganmiz. Agar imtiyozli kredit olishda ko‘maklashilsa, yana yangi ish o‘rni yaratib, qishloq yoshlarini bandligini ta’minlaymiz.
Viloyat rahbari tomonidan muddat talab etiladigan masalalarni tegishli tartibda bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi. Har bir murojaatning ijrosi viloyat hokimligi tomonidan nazoratga olindi.
Тип классификации обращения | Способ направления | Дата принятия | Дата рассмотрения | Регион |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 Май 2024 | 18 Сентябрь 2024 | Навоийская область |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Ноябрь 2023 | 27 Февраль 2024 | Ташкентская область |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Февраль 2024 | 20 Февраль 2024 | Джизакская область |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Февраль 2024 | 27 Февраль 2024 | Сурхандарьинская область |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Апрель 2024 | 2 Май 2024 | Ташкентская область |