Prezidentimiz joriy yilning 29-30 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ular bandligini ta’minlash, ayollarning ijtimoiy muammolarini hal etish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratib, bu borada mutasaddilarga vazifalar topshirgan edi.
Davlatimiz rahbari tomonidan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish maqsadida ilgari surilgan besh tashabbusni hayotga tatbiq etish borasida Samarqand viloyatida ham keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari polkovnik Rustam Xotamov tomonidan oʻtkazilgan sayyor qabulda Qarshi shahri, Muborak, Mirishkor, Koson, Nishon, Qarshi va Kasbi tumanlaridan kelgan fuqarolar qatnashdi va ularni qiynayotgan 74 muammo va kamchilik koʻrib chiqildi. Aksariyati joyida hal etildi.
Jizzax viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik M.Jo‘raev ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi.
DXX Chegara qoʻshinlari tomonidan ham beshta muhim tashabbus asosida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Beshariq tumani Farg‘ona viloyatining chekka tumanlaridan biri. Tuman aholisi yangilanishlar, islohotlar bilan hamqadam, hamfikr qadam tashlamoqda. Olib borilgan tizimli chora-tadbirlar, hayotbaxsh islohotlar natijasida aholi turmush darajasida ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmoqda. Tadbirkorlar safi kengayyapti. Lekin hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar ham yo‘q emas.
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida viloyat hokimligi va viloyat xalq qabulxonasi hamkorligida o‘tkazilgan sayyor qabulda aholining ko‘plab muammolari hal etildi.
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida 13-17 may kunlari boʻlib oʻtgan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbuslari haftaligi” institut istiqboli uchun muhim boʻlgan “Talaba – talabaga ustoz, talaba – talabaga shogird”, “Katta kurslar - kichik kurslar uchun yadro boʻlishi zarur”, “Talaba tashkil qiladi, oʻtkazadi, yaratadi” degan tamoyilni yuzaga keltirdi.
Navoiy viloyati Konimex tumanida Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari fuqarolarning hududda tibbiy xizmatdan foydalanish, yoʻl qurilishi, suv chiqarish, bandlik hamda ichki ishlar organlariga taalluqli boʻlgan boshqa bir qator masalalar bilan murojaatini oʻrgandi. Sayyor qabulda 200 dan ortiq aholi qatnashdi.
Samarqand viloyat adliya boshqarmasiga Samarqand shahar, “Chilquduq” mahallasida yashovchi fuqaro Sh.Muxamedov oxirgi 2 yil davomida ishga joylashish maqsadida o‘nlab tashkilotlarning ostonasida ovora bo‘lib, ishga kirolmasdan yurganligi sababli uni ishga joylashishda amaliy yordam berishni hamda so‘rab murojaat qildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш | Ишонч телефони | 1 Avgust 2024 | 14 Avgust 2024 | Andijon viloyati |
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пуларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |
Электр энергияси таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |