2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Buxoroda yechimini kutayotgan murojaatlar hal etilmoqda

Buxoro, Vobkent, Gʻijduvon, Jondor, Kogon, Qorakoʻl, Qorovulbozor, Olot, Peshkoʻ, Romitan, Shofirkon tumanlari hamda Buxoro va Kogon shaharlarida Bosh prokuratura, Oliy sud, Adliya, Bandlik va mehnat munosabatlari, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish va Ichki ishlar vazirliklari, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri boʻyicha Davlat qoʻmitasi, “Oʻztransgaz” AJ , Majburiy ijro byurosi hamda Markaziy bank masʼul rahbarlari, shuningdek, hududiy sektor rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabullar tashkil etildi.

Jumladan, 5159 ta murojaat qabullar jarayonida joyida hal qilingan yoki huquqiy maslahat va maʼlumot berish orqali hal qilingan boʻlsa, 4136 ta (44.49%) masala Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talabi koʻra tegishliligi boʻyicha hududiy yoki respublika darajasidagi tashkilot va idoralarga yoʻnaltirildi va nazoratga olindi.

 

Chekka va olis qishloq aholisining ham dolzarb muammolarini inobatga olgan holda sayyor qabullar haqida fuqarolarni oldindan ogohlantirdi. Xususan, shu tartibda viloyat sektor rahbarlarining 51-marta, tuman va shahar sektor rahbarlarining 605-marta ommaviy sayyor qabullari oʻtkazilishi taʼminlandi. Birgina viloyat hokimi Oʻ.I.Barnoyev, 1-sektor rahbari qabulida boʻlgan 1139 nafar fuqarodan 706 nafarining (61.98%) murojaati ijobiy hal etildi.

 

OʻzA

13.07.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar